3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet9/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Rodjer Bekon (1214-1292) hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishladi. U tajribaviy fanga asos soldi. Tajriba metodini esa XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish metodini qo‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi.
Insoniyat tarixida ro‘y bergan eng ilg‘or taraqqiyot davrlaridan biri Uyg‘onish davrida hayotning hamma tarmog‘ida muhim, inqilobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Bu davr falsafa rivojiga muhim hissa qo‘shgan nemis olimi Nikolay Kuzanskiy(1401-1464) ta’limoticha, Xudo borliqning oliy va yagona asosi. Xudo hamma narsalarda, hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki tajriba asosida amalga oshadi. U bu borada muhim kosmologik fikrlarni bayon qildi. Bilish nazariyasiga nisbatan uning mutlaqo yangicha yondashishi XVIII asr oxiri va XIX asr boshida nemis falsafasiga debocha bo‘ldi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543). geliotsentrik ta’limoti bilan fanda tub o‘zgarish yasadi: galaktikamizning markazi Yer emas, quyoshdir. Bu kashfiyot dunyoda teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda inqilob qildi.
Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan italiyalik Jordano Bruno (1548-1600) chuqur ilmiy xulosalar chiqardi. Ilg‘or fikrlari uchun Bruno dahriylikda ayblanib, cherkovdan haydaldi. Italiyadan qochishga majbur bo‘ldi. Uzoq vaqt Shvesariya, Fransiya, Angliya va Germaniyada quvg‘inda yurdi. 1592 yilda Bruno Italiyaga qaytib keladi, lekin cherkov inkvizitsiyasi tomonidan qamoqqa olinadi. O‘z ta’limotidan voz kechmagani uchun qatl etishga hukm qilindi.
Bruno tabiatshunoslik tajribalari yuzasidan muhim nazariy xulosalar ishlab chiqdi: haqiqiy falsafa ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastikani tugatish kerak. Koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy. Juda ko‘p dunyolar quyosh sistemasidan tashqarida mavjud. Yulduzlar – boshqa planeta sistemalarining quyoshi. Yer – cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi. Kopernik esa koinotni chekli degan edi. Demak, Brunoning tabiiy-ilmiy qarashlari Koperniknikidan ilg‘or, u Kopernik ta’limotini quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi yangi qarashlar bilan boyitdi.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling