3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet2/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Anaksimandr (er.av.610-546 y) quyosh soatini ixtiro qilib, gnomon nomli asbob yasaydi va ko‘k-osmon gumbazi sferasi doirasi modelini tuzadi. U birinchi bo‘lib Yunonistonning geografik xaritasini chizadi. Anaksimandr olamda ko‘p dunyolar bor, deb taxmin qiladi. Uningcha, olamdagi hamma konkret narsa va buyumlarning negizini cheksiz «apeyron» tashkil qiladi. «Apeyron» nomuayyan, konkret bo‘lmagan, umumiy moddadir.
Falesning do‘sti, ioniyalik Anaksimen (er.av.588-525y.) fikricha, borliqning asosida havo yotadi. Tabiatdagi hamma tabiiy hodisalar havoning quyuqlanishi yoki suyuqlanishidan hosil bo‘ladi. Havoning suyuqlanishi uni olovga; quyuqlanishi uni shamolga: bulutga keyin esa suvga, yerga, oqibatda toshga aylantiradi.
Efeslik Geraklit (er.av.530-470y.) fikricha, olamning asosi, barcha tabiiy narsa-hodisalarning negizi – bu olovdir, barcha narsalar olovdan paydo bo‘ladi va so‘ng yana olovga aylanadi. Olamni hech kim yaratmagan, u qonuniyatli tarzda alangalanadigan va qonuniyatli tarzda o‘chadigan abadiy barhayot olovdir. Geraklit olovning yer, suv, havoga aylanishini va aksincha ta’riflab, hamma narsa harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda, deydi.
Geraklit stixiyali dialektikaning asoschilaridan biri hamdir. U dunyodagi to‘xtovsiz o‘zgarishlarining asosiy sababini narsalardagi qarama-qarshiliklardan, deb biladi. Hayotda tirik va o‘lik, uyg‘oq va uyqudalik, yoshlik va qarilik birgadir. Narsalar doimo o‘zaro bir-biriga o‘tib, o‘zgarib turadi: «Sovuq issiq bo‘ladi, issiq sovuq bo‘ladi. Xo‘l quruqqa, quruq ho‘lga aylanadi. Nifoqlashuvchi kelishishi, tarqaluvchi yig‘ilishi (birikishi), ajoyib xilma-xil ohanglar hamohanglikni kurash jarayonida paydo qiladi». Geraklit dialektikaning qarama-qarshiliklar kurashi va birligini yaxshi taxmin qiladi: «Baho bebaholikdan, bebaholik baholikdan, ular bir-birining o‘limi bilan yashaydi va bir-birining yashashi bilan o‘ladi, hayot harakat, o‘zgarish bilan hayot, hamma narsa harakatda, o‘zgarishdadir, bir daryo suviga ikki marta cho‘milish mumkin emas, chunki daryoda tinimsiz yangi-yangi suvlar oqib turadi». «Dengiz suvi ham toza, ham toza emas. U baliqlarga davo, hayotbaxsh bo‘lsa, insonlarga ichish uchun yaramaydi va zararlidir». «Eng kelishgan maymun inson zotiga nisbatan eng xunukdir». «Eshakka xashak oltindan a’lo turar». «Tabiat qarama-qarshilikka intiladi, lekin bir-biriga o‘xshashlik emas, homoxanglik tug‘diradi. Masalan, tabiat inson individlarini qarama-qarshi jinslar – erkak va ayollardan tuzgan. San’at hamtu rli hil ohanglardan tashkil topadi. Rasm ham qora, qizil, sariq, oq bo‘yoqlar birligidan paydo bo‘ladi. Musiqada esa, yuqori, baland, past turli ovozlardan ohang, kuy, ashula hosil bo‘ladi va h.k.».
Ma’lum bo‘ladiki, Geraklit stixiyali, sodda, ammo to‘g‘ri dialektik qarashlarni bayon etgan.
Samoslik Pifagor (er.av571-497y.) bo‘lsa, butun olamning asosini dunyodagi narsa-hodisalarning negizini «son» tashkil qiladi, deydi. «1» umumiy, boshlang‘ich, muqaddas sondir, u barcha narsa-hodisaning asosidir.., «2» aks, salbiylik, ziddiyatlilikni ifodalaydi. «3» bu tabiat – uchlikdir, 1 va 2-ning, asos va aksning, boshlang‘ich va uning qarshi tomonlarining birligidir. «4» - bu tabiatdagi to‘rt element - suv, havo, olov, yerdir va h.k. Pifagor tabiiy hodisalarning miqdoriy jihatlariga e’tiborni jalb qilib, ilmiy fikrlashga muhim hissa qo‘shadi. Xususan, u geometriyaga jiddiy ahamiyat berib, «nuqta»ni-«1»ga, «chiziq»ni-«2»ga, «yuza»ni-«3»ga, «jism»ni-«4»ga taqqoslab, «uch burchak»ning uch burchagi yig‘indisi haqidagi teorema (ya’ni: a+v+s=2d)ni ta’riflab berdi.
Ayniqsa, Pifagorning Sharq xalqlaridan olgan «Gipotenuza kvadrati katetlar kvadratlarining yig‘indisiga teng» degan teoremasi matematika fanining kelgusi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi.
Qadimgi yunon falsafasida (er.av.VI-Vasr) eleat falsafiy maktabi vakili Ksenofan (er.av.565-473y.) Geraklitning dialektik konsepsiyasiga qarshi kurashib, u hech qachon paydo bo‘lmagan, yo‘q ham bo‘lmovchi, yakkayu yagona, har doim barqaror, o‘zgarmas dunyo haqida fikr bildiradi.
Eleat maktabining ikkinchi vakili Parmenid (er.av.VIasr ox.-Vasr boshi) ham «Tabiat haqida» poemasida: «Yakkayu yagona borliq bor, bu borliq kelib chiqmagan ham, yo‘q ham bo‘lmaydi, o‘zgarmaydi ham. Borliq bor, u harakatsiz», deb Geraklit dialektikasini qat’iy inkor qiladi.
Empedokl (er.av.490-430y.) o‘z falsafiy qarashida narsalarni tashkil etgan elementlar va ulardan hosil bo‘lgan narsalarni harakatda, deb qaragan. U bu harkatlarning sababi, «dushmanlik» va «do‘stlik», ishq-muhabbat va rashk, raqiblik kabi qarama-qarshi kuchlardir, deydi. Empedokl qarama-qarshi kuchlar tortish, birikish, qo‘shilish do‘stlik, muhabbat, sevgi tufayli sodir bo‘lsa; itarilish, ajralish, raqiblik, yomon ko‘rish, nifoqlik, dushmanlik tufayli vujudga keladi, deb xulosa chiqaradi.
Xullas, qadimgi yunon faylasuflari ayni vaqtda tabiatshunoslar ham bo‘lishgan. Ularning kosmogonik ta’limotlari keyingi davr astronomik bilimlarning rivojlanishi, XX asr kosmanavtikasi uchun ilk zamin bo‘ldi.
Er.av. V-IV asrlarda, xususan, V asrning 40-30 yillarida qadimgi Yunoniston o‘zining eng gullagan davriga kiradi. Bu davrda matematika, astronomiya, arxitekturaga oid bilimlar kuchli rivojlanib, qadimgi yunon falsafasining buyuk namoyandalari yetishib chiqadi. Yunon materialistik falsafiy yo‘nalishining yirik vakillari Levkipp va Demokrit maktablari shakllanib, ravnaq topadi. Bu asrlar orasida dastlab Suqrot va Aflotun, sal keyin Arastu yashab ijod qildi.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling