3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet15/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

«neomarksizm» oqimini tashkil etdilar. Aksariyat neomarksistlar sinfiy kurashni mutlaqlashtirmaslik, inqlobiy emas, tadrijiy sakrash yo‘lidan borish ustuvor bo‘lishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ular asl qarashlarini jamiyat, millat emas, sinflar o‘rtasidagi kurash taraqqiyoti belgilaydi.
Demak, yaqingacha sobiq Ittifoq hududida mutlaq hukmron bo‘lgan mafkura taqdirini o‘rganish, uning tarixidan xolisona xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qo‘yish foydali. Zero, ta’limotlar tarixi – insonlar taqdiri, yuksalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu esa muayyan g‘oya, mafkuralar ta’sirida ro‘y berib, ba’zan millionlarni maftun qilgan g‘oya yoki mafkuralar alaloqibat ularning zavoliga sabab bo‘lishi ham mumkin. Biror qadriyatni mutlaqlashtirish, muayyan «izm»ga, aqidaparastlikka olib kelishi, jaholat va qabohatga eltishi, shubhasiz.
XX asrda shakllangan ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli – «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilma-xilligi» konsepsiyalari ko‘ra, jamiyat tarixi – o‘ziga xos madaniyatlarning xilma-xilligidan iborat. Tabiat qanday xilma-xillik birligi bo‘lsa, jamiyat ham shunday rang-baranglikning uyg‘unligidir. Jamiyatda har bir narsaning o‘z o‘rni bor.
Bu g‘oyalar nemis sotsiologi O.Shpengler (1880-1936) va ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) ta’limotlarida atroflicha asoslashga harakat qilindi. O.Shpengler «Evropaning so‘nishi» asarida tarixni bir-biridan mustasno madaniyatlar majmuidan iborat, hisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil: arab, hind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab, mayya va russ-sibir madaniyatlarni ko‘rsatadi. Madaniyatlar o‘ziga xos diniy asosga ega, har biri qat’iy biologik maromga bo‘ysunadi. Quyidagi asosiy davrlarni bosib o‘tadi: tug‘ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, qarilik va so‘nish. Madaniyatlar rivojining – madaniyat ravnaqi (sof madaniyat) va uning tanazzuli («sivilizatsiya») bosqichlari farqlanadi.
O. Shpengler yevropotsentrizm(barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g‘oyasi)ga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik ham borligiga kam e’tibor qaratdi.
A.Toynbining 12 jildlik «Tarixni o‘rganish» asarida madaniyatlarning lokal rivojlanish g‘oyasi Shpengler konsepsiyasidan ikki jihatga ko‘ra farqlanadi: 1) insonda o‘z hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjud, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o‘zaro birligidan iborat; 2) tarixiy taraqqiyotning davriy modeli jahon dinlari buddizm, xristianlik, islomning barcha xalqlarni jipslashtiruvchi bosh omil g‘oyasi bilan boyitilgan.
Toynbi nazida Farb xristian sivilizatsiyasi tanazzulga yuz tutayotgani, uning oldini olish yo‘li ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni qabul qilishlarida.
Umuman, hozirgi davrda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi ko‘pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmoqda. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni – sanoatning rivojlanish darajasi, deb hisoblovchi industrial va postindustrial jamiyat g‘oyalari ommaviylashib bormoqda. Demak, yuqoridagilardan falsafiy plyuralizm hamda falsafa zamon va makon bilan bog‘liq murakkab fan ekanligi to‘g‘risida muayyan xulosaga kelish mumkin.
Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling