3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet13/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Postpozitivizm (keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy – lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi lozim.
XX asr 60–70-yillarida neopozitivizmning mavqei pasayib, asosiy o‘ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.
Strukturalizm (asosiy vakillari: Levi-Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulg ahamiyatini mutlaqlashtirdi. Narsa-hodisaning strukturasini bilish uning ob’ektiv mohiyatini bilish demakdir. Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabila va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to‘la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham shunday prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika – qadimgi yunon afsonalarida Xudolar xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yuborilgan elchisi – Germes nomi bilan bog‘liq. Germenevtika – tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Bu ta’limotga ko‘ra, jamiyat kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’no-mohiyatini kishilar muloqotidan qidirishdan iborat.
Shleyermaxer va Diltey fikricha, muayyan tarixiy manbaning to‘g‘ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to‘la his etishi, tushunishi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asr 30-yillarida «ekzistensial falsafa» ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Ekzistensiya – tom ma’noda «mavjud bo‘lmoq» demakdir. Ekzestensializm xilma-xil ta’limotlarni inson ma’naviy dunyosi, taqdiri, erkinligi g‘oyalari asosida umumlashtirdi.
Bu yo‘nalish vakillari asosan ikkiga bo‘linadilar: dunyoviy (Xaydeger, Sartr, Kamyu) va diniy (Yaspers, Marsel).
Xaydeger, Sartr, Kamyu ta’limotiga ko‘ra, inson o‘z yaratish faoliyatini o‘zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini o‘zi erkin belgilaydi, uning kim bo‘lib yetishishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Shu ma’noda, inson doim kamol topib boradigan, tugallanmagan loyihaga o‘xshatiladi. Erkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Berilgan imkoniyatlarni tanlash juda mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o‘zi, boshqalar va olamni ham qayta yaratadi.
Yaspers va Marsel fikricha, inson o‘z erkin faoliyati davomida Xudoga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy erkinlik insonga tahlikali onlar, tashvish, yolg‘izlikda namoyon bo‘ladi. Tahlika, mas’uliyat sof erkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini to‘laligicha anglaydi. Hayot va o‘lim, qo‘rqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir.
Ekzistensialistlar fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo‘lmaslik abadiy, inson umri o‘tkinchi bo‘lganligi uchun ham dahshatlidir.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling