3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet10/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

2. Ingliz falsafasi asosiy vakillaridan biri F.Bekon (1561-1626) ta’limoticha, fanning yangi binosini qurish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kerak. Tabiatni bilishda bir necha «idollar» inson aqlini o‘rab, unga halaqit beradi. Ular asosan to‘rtta: 1) umuman inson zotiga xos urug‘ idollari (Insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshab, narsalarning tabiati bilan o‘z tabiatini qorishtirib, ularni qiyshiq ko‘rsatadi); 2) g‘or idollari (Bu har bir odamning o‘z spesifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Fikrlash ufqining cheklanishidan hamma narsani o‘z nuqtai-nazari, tor doirasi bilan o‘lchash vujudga keladi); 3) maydon idollari (u ma’lum tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq terminologiyalarga tanqidiy yondoshmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Masalan, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so‘zlar tafakkurga teskari ta’sir qiluvchi soxta tushunchalarni tug‘diradi); 4) teatr idollari (ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona ergashib, qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar).
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi metodologik ahamiyatga ega. U «Yangi Organon» kitobida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo‘lgani holda, insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas».
Uning bilish nazariyasi tajriba va aql bosqichidan iborat. Bekon ta’limoticha, olim chumolidek, faqat yig‘ish bilan kifoyalanmasligi; o‘rgimchakdek hayotdan ajrab, shaxsiy aqli bilan o‘z makrli falsafasini to‘qimasligi; balki asalariga o‘xshab gullardan nektar olib, keyin ularni asalga aylantirishi lozim.
Bekon ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori bo‘lgan. Uningcha, ijtimoiy hayotda san’at va savdo rivojlanishi asosiy rol o‘ynaydi.
F.Bekon ta’limotini Tomas Gobbs (1588-1679) takomillashtirdi. Olim moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning abadiyligi, harakatning esa mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan. U matematik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs empirik jihatlarga ko‘proq e’tibor berdi, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qildi. Ijtimoiy taraqqiyoti masalasida u xususiy mulkchilikka asoslandi. Uning nazarida, davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq.
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632-1704) qarashlari alohida o‘rin tutadi. Uningcha ham tajriba bilishning asosiy manbai. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratiladi. 1690 yilda yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida R. Dekartning «tug‘ma g‘oyalar»iga qarshi chiqadi. Lokk fikricha, bilish tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlardan, haqiqatlar esa kishilarning ayni jarayonda hosil qilgan tushuncha, g‘oya va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra, Lokk ta’riflagan davlatning quyidagi xos tamoyillari uyg‘un bo‘lganidagina, davlat faoliyati samarali amalga oshadi: 1) hokimiyatni qonun chiqaruvchi tizimi; 2) hokimiyatning ijro etuvchi organlari; 3) ittifoq federativ hokimiyati.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling