3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet7/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Nominalizm – lotincha nomina – ism, nom ma’nosini anglatadi. Nominalizm o‘sha davr shahar savdogar va hunarmandlari manfaatlarini ifodalovchi, ularning cherkovning mutlaq hokimiyatiga qarshi kurashini aks ettiruvchi, o‘z davrining progressiv falsafiy oqimi. Nominalistlarning asosiy vakillari: Berengariy Turskiy (1000-1088), Ioan Rasseliy (1050-1112), Uilyam Okkam (1300-1350) ta’limoticha, tabiatdagi yakka-yakka predmet-hodisalar, ularning xususiyatlari real mavjud, ularning in’ikosi bo‘lgan umumiy tushunchalar esa ikkilamchidir. Chunki, «umuman o‘y», «umuman inson» – bir guruh, o‘ylar, bir guruh kishilarning ini’kosidir, xolos.
Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki faqat tafakkurda mavjud. Nominalizmning asosiy tezisi Platon goyalarini tanqid qilgan kadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoik tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, sxolastikaning realizm bilan munozarasi natijasida Rosselin tomonidan asoslanganidan keyin mustakil okimga aylandi. U fakat yakka narsalargina real mavjud, universaliylar esa narsalarning nomi, deb ta’kidlagan.
Realizm esa cherkov va yirik feodallar dunyoqarashi, manfaatini ifoda etuvchi reaksion falsafiy oqim. Bu ikki oqim o‘rtasidagi kurash umumiy tushunchalar, «universallar»ning mohiyatini aniqlashdan kelib chiqdi. Realizmga asos qilib Platonning obe’ktiv idealizmi olingan edi. Uning asosiy vakillari: Angelm (1033-1109), Ioan Skot Eriugen (815-877), Foma Akvinskiy (1224-1292). Ularning fikricha, umumiy tushunchalar, ya’ni kategoriyalar – «universallar» real mavjud bo‘lib, ular mustaqil g‘oyaviy mohiyat sifatida predmetlarga, kishilarga nisbatan birlamchidir. Moddiy olamning predmetlari esa shu umumiy tushunchalarning shakliy ifodasi, ikkilamchidir. Umumiy tushunchalar mangu bo‘lib, predmet-hodisalar vaqtincha va o‘tkinchidir. Realistlar fikricha, «umuman uy» g‘oyasi birlamchi bo‘lib, uning shakliy ifodasi sifatida yakka-yakka holdagi uylar vujudga keladi.
Angelm Ketterberiyskiy (1033-1109) Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda Ketterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlandi. Angelm «Monopoliya» va «Prologion» asari bilan mashhur. «Monopoliya» – Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda eng oliy ilohiy ne’matlarning aksi bo‘lmish ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Britaniyada tug‘ilgan Per Abelyar (1079-1142) ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida, so‘ng narsalarning o‘zida va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilimsiz kishidan ko‘ra, dinni yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurga hamisha tayanadi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo‘llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning ahloqiy ta’sir qilish nazariyasiga ko‘ra, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo‘lgan muhabbat bilan taajjubga solish va ularga ahloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir bo‘ladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini Xudoga bo‘ysundiradilar.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling