3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivoji: appologetika patristika, sxolastika, nominalizm va realizm


Download 76.67 Kb.
bet5/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivoji: appologetika patristika, sxolastika, nominalizm va realizm.

Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan O‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni er.av. I asrdan eramizning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi.
XI-XIII asrlar G‘arbiy Yevropadagi ijtimoiy taraqqiyot O‘rta asrlar nomi bilan yuritiladi. Quldorlikning o‘rnini feodal munosabatlari egallagan bu davrda din mafkura sohasida hukmronlik qildi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida falsafa, huquqshunoslik, san’at, madaniyati, tabiatshunoslik sohalarida ham diniy dogmatik aqidalar ta’sirida qoldi. Falsafa tajribaviy bilimlardan, amaliyotdan ajralib, dinning hizmatkoriga, sxolastikaga, ilohiyotga aylantirildi. Bu davrda tabiatni o‘rganish gunoh hisoblanib, olimlar dahriylikda ayblanar va hatto o‘ldirilar edi. Lekin jamiyat, tabiiy va ijtimoiy qarashlar rivojlanishda davom etib, antik davr madaniyati, fan yutuqlari, falsafiy qarashlari o‘rganila boshladi. Katolik cherkovining rasmiy dunyoqarash tizimini tashkil etgan teologiya hamda sxolastik falsafa butun O‘rta asr davomida ijtimoiy fikr ustidan hukmronlik qildi. G‘arbiy Yevropaning O‘rta asrlar davri falsafasida skeptitsizm, agnostizm, neoplotonizm, gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm kabi oqimlar paydo bo‘ldi.
Platon va Aristotelning falsafiy ta’limotlari nazariy manba bo‘lib hizmat qilgan diniy-sxolastik falsafiy oqimlar – nominalizm va realizm vujudga kelib, ular o‘zaro qarshi kurash olib bordi.
Gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishdi.
Gnostiklar fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikdan mutlaqo sof, inson o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostiklar xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilib, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qoldi. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm – gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi. Uning tarafdorlari ta’kidlashicha, moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud. Materiya yovuzlik timsoli. Demak, Xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas. Gnostiklar e’lon qilgan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling