3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)



3-MAVZU: HOSIL QILUVСHI, QOPLOVСНI VA ASOSIY 
TO‘QIMALAR ULARNING TURLARI VA TUZILISНI, 
MЕXANIK, O‘TKAZUVСНI TO‘QIMALAR VA O‘TKAZUVCHI 
BOG‘LAM TIPLARI VA TUZILISНI. 
MAVZUNING MAQSADI To‘qimalar to‘g‘risida umumiy 
tushuncha hosil qilish. Ularning bir-biridan farqlarini va vazifalarini 
o‘rganish.mexanik, o‘tkazuvchi to‘qima xillari, ularning vazifalari, 
organlarda uchrash joylarini tajribalar orqali aniqlab o‘rgatish. 
O‘tkazuvchi bog‘lam tiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qilish. 
Makkajo‘xori va qovoq poyasidagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni farqlarini 
o‘rgatish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, suv, lantset, pintset, buyum 
oynasi, qoplag‘ich oyna, qovoq poyasi, bargi, g‘o‘za bargi, fiktsatsiya 
qilingan nok mevasi, makkajo‘xori poyasi, tut po‘stlog‘i, xlortsink, yod, 
glitserin, xlorogidrat eritmasi, lezviya, pipetka, preparoval nina
floroglyutsin va xlorid kislota, makkajo‘xori, qovoq poyasi, kesib 
tayyorlangan preparatlar, floroglyutsin va xlorid kislota eritmasi
UMUMIY TUSНUNCHA: O‘simliklarda hujayra har tomonga 
qarab bo‘linishi mumkin, buning natijasida yaxlit hujayralar to‘dasi hosil 
bo‘ladi. Hujayralarning tuzilishi jihatidan o‘xshash, bir yoki bir necha xil 
funktsiyani bajaradigan guruhiga to‘qimalar deyiladi. 
Yuksak o‘simliklarning to‘qimalari ularni hosil qilgan hujayralarning 
shakli, kelib chiqish va funktsiyasi jihatidan ham juda xilma-xildir. 
To‘qimalar hujayralarning shakliga ko‘ra bir biridan farq qiladigan ikki 
guruhga: parenximatik va prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi. 
To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrional- hosil qiluvchi va doimiy 
to‘qimalarga ajratiladi. Ildiz uchi yoki poyaning o‘suvchi nuqtasi 
ko‘ndalangiga kesib mikroskop ostida qaralsa, yadrosi yirik tez-tez 
bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan bir xil hujayralar guruhini ko‘rish 
mumkin. Tez bo‘linuvchi hujayralarning bu guruhi hosil qiluvchi 
to‘qimalar hisoblanadi (meristema). 
Hosil qiluvchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va 
ikkilamchi, o‘simlikda joylashish o‘rniga ko‘ra esa to‘rtga: apikal',
interkalyar, yon meristema va yara meristemalariga bo‘linadi. 
Birlamchi meristema yoki hosil qiluvchi to‘qima hujayralari bir xil, 
parenximali, yirik yadroli protoplazma bilan to‘lgan yupqa po‘stli 
hujayralararo bo‘shliqsiz bo‘ladi. Bu hujayra kuchli ravishda bo‘linish 
qobiliyatiga ega. Birlamchi meristemadan boshqa hamma to‘qimalarning 


boshlang‘ichi vujudga keladi. Ikki pallali o‘simliklarning poya va 
ildizlaridagi kambiy to‘qimasi poyaning yo‘g‘onlashishiga xizmat qiladi. 
Hujayralarning kuchli ravishda bo‘linish qobilyati umr bo‘yi saqlanadi. 
Ikkilamchi meristemaga bog‘lamlar va po‘kak kambiysi yoki 
fellogen kiradi. Bog‘lamlardagi kambiy o‘simlik organlarining eniga 
o‘sishini ta'minlaydi. Fellogen ikkilamchi qoplovchi to‘qima peridermani 
hosil qiladi. 
Uchki apikal' meristema vegetativ novda va gul hosil qiluvchi hamda 
ildiz uchki meristemalariga bo‘linadi. 
Yon meristemalarga ildiz va poya markaziy tsilindrining atrofida 
joylashgan peretsikl, prokambiy va kambiylar kiradi. 
Interkalyar meristemalar poya bo‘g‘in oraliqlarida, hamda bargda 
hosil bo‘ladi. Interkalyar meristemalarning o‘sishi hisobiga bo‘g‘im 
oralig‘i uzayadi. 
Yara meristemasi o‘simliklarning biror qismi zararlansa, shu yerda 
bu meristema hosil bo‘ladi. Yara meristemasi parenxima to‘qimalarining 
tirik hujayralaridan hosil bo‘ladi. 
G‘o‘za poyasi o‘sish nuqtasidagi meristemani o‘rganish. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling