3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

Sklereid hujayralari. Har xil shaklga ega bo‘lgan o‘lik 
hujayralardan tashkil topgan, po‘sti ancha tekis suratda qalinlashgan 
(kollenximaga xos bo‘lmagan ravishda) armatura hujayralari sklereidlar 
deb ataladi. Sklereidlar toshsimon to‘qimalar deb ataladi. Mexanik 
to‘qima yog‘ochlangan po‘stli parenxima hujayralaridan iborat bo‘lib, 
teshikli naylar ko‘ndalangiga o‘tadi yonma yon joylashgan hujayralarning 
naylari o‘zaro bir-biriga ro‘para keladi. Shuning uchun bu hujayralar 
o‘rtasida yupqa o‘rta to‘siq parda orqali modda almashinish hodisasi 
ancha vaqtgacha davom etib turadi. Keyinchalik bu hujayralar ham o‘lib, 
bularning ichi butunlay bo‘shab qoladi yoki qo‘ng‘ir jonsiz massa bilan 
to‘lgan bo‘ladi. Sklereidlar nok va behi etida, o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri 
danaklarida hamda yong‘oq, pista po‘choqlarida uchraydi. Mexanik 
to‘qima 
asosan 
poya 
sirtida 
(bug‘doy 
poyasi, 
qovoq 
poyalarida)joylashgan bo‘lib, sinishiga eng ko‘p qarshilik ko‘rsatadi. 
Burchakli poyalarda labguldoshlar va boshoqdoshlar oila vakillarida 
mexanik to‘qima qirra bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Mexanik to‘qima ildiz 
markazida joylashgan bo‘lib, ildizni uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi va 
mustahkamligini ta'minlaydi. 
Nokning hujayrasini o‘rganish. Ish tartibi. Nok mevasining 
yumshoq etida qattiq sarg‘ish rangli dumaloq donachalar bo‘ladi, ana shu 
tuzilmalar bir necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir. 
Tekshirish uchun nok mevasi etidan lansetda ozgina olib, buyum 
oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. 
Biroz bosib toshsimon hujayra eziladi. Bunga floroglyutsin bilan xlorid 
kislota tomizilsa, toshsimon hujayralar biroz vaqt o‘tgach, qizil tusga 
kiradi. Nok mevasining eti esa rangsizligicha qoladi. Bu hol totshsimon 
hujayra po‘sti yog‘ochlanganligini ko‘rsatadi. Mikroskopda dastlab 
kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘riladi va rasmi chiziladi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling