3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


MAKKAJO‘XORI POYASINING YOPIQ BOG‘


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

MAKKAJO‘XORI POYASINING YOPIQ BOG‘ 
LAMINI O‘RGANISH. 
ISН TARTIBI: Makkajo‘xori poyasini bo‘yiga kesib preparat 
tayyorlab olamiz. Makkajo‘xori poyasidan tayyorlangan preparatni 
mikroskopni kichik ob'ektivida keyin esa katta ob'ektiviga o‘tkazib 
ko‘ramiz. Uning asosiy parenxima hujayralari oraliqlarida esa bir qancha 
yopiq bog‘lam borligini ko‘ramiz. O‘tkazuvchi bog‘lam po‘sti qalin 
bo‘lib, unda ikkita yirik teshikli nay ko‘rinib turadi. Bu naylar orasida 
yupqa po‘stli, sitoplazmalari ko‘p bo‘lgan parenxima hujayralari va 
diametri kichikroq ko‘rinishga ega bo‘lgan, spiralsimon va xalqasimon 
bir nechta naylar borligi ko‘rinadi. Bularning hammasi ksilema 
elementlaridir. Ksilema bilan floema tutashgan joyida, kambiy xalkasi 
bo‘lmaydi. Floema tarkibida plastinka shaklidagi to‘rsimon to‘siqchali 
naychalar bo‘lib, bularga sitoplazma bilan to‘lgan yo‘ldosh hujayralar 
kelib tutashadi. Ichida zahira moddalari bo‘lgan parenxima hujayralari 
ham floemaga kiradi. Makkajo‘xorining lub to‘qimalarida lub tolalari 
bo‘lmaydi. Ksilema va floemani po‘sti qalin bo‘lgan mexanik to‘qima 
sklerenxima o‘rab turadi. 
Makkajo‘xorining mikroskopda ko‘ringan yopiq o‘tkazuvchi 
bog‘lami daftarga chizib olinadi nomlari yoziladi.
Qovoq poyasidagi bikkolaterial bog‘lamni o‘rganish. 
Qovoq poyasidan yupqa kesib olib, buyum oynasidagi suv 
tomchisiga qo‘yamiz va qoplag‘ich oyna bilan ustidan yopamiz bu 
tayyorlangan preparatni, mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘ramiz. 
Qovoq poyasida bikkollaterial bog‘lam ikki qator bo‘lib joylashadi, 
ichkisi yirik, tashqisi mayda bo‘ladi. Biz mikroskopda tashqi mayda 
bog‘lamni va elaksimon floema naylarini ko‘rishimiz mumkin. 
Ksilema tarkibiga hujayra po‘sti har xil qalinlikda bo‘lgan 
spiralsimon to‘rsimon, xalqasimon va suv naylari kiradi. 
Naylar atrofida va spiralda hujayra po‘sti qalinlashgan yog‘ochlik 
tolalari joylashadi. Ochiq bog‘lamda lub bilan yog‘ochlik orasida kambiy 
joylashadi. Kambiy ichkariga yog‘ochlik hujayralarini tashqi tomonga lub 
hujayralarini hosil qiladi. Yo‘g‘onlashish yog‘ochlik va lubni ko‘payishi 
hisobiga bo‘ladi. Kambiydan paydo bo‘lgan bu yangi elementlar 
ikkilamchi lub va ikkilamchi yog‘ochlikka aylanadi. Bunday o‘tkazuvchi 
bog‘lam ochiq bog‘lam deyiladi. 


Qovoq poyasidagi o‘tkazuvchi bog‘lamni mikroskopda ko‘rinishi 
rasmi chiziladi va nomlari yozib qo‘yiladi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling