3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

 


O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR. 
Umumiy tushuncha; O‘tkazuvchi to‘qimalar suvda erigan mineral 
moddalarni va bargda hosil bo‘lgan organik moddalarni o‘simlik tanasi 
bo‘ylab o‘tkazish vazifasini bajaradi. Suvda erigan mineral moddalar ildiz 
orqali shimib olinib poya va bargga uzatiladi. Bu yuqoriga ko‘tariluvchi 
oqim deyiladi. Fotosintez natijasida barglarda hosil bo‘lgan organik 
moddalar poya orqali ildizga tomon harakat qiladi, boshqa organlarga 
tarqaladi, bir qismi zahira modda sifatida meva, urug‘, tuganakda, ildizda 
to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. Poyadagi yog‘ochlikni –
ksilema, lubni- floema deb ham yuritiladi. Yog‘ochlik to‘qimasi suv va 
unda erigan mineral tuzlarni poya orqali bargga o‘tkazadi, lub esa organik 
moddalarni bargdan poya orqali pastga ildizga o‘tkazadi. Suvni 
o‘tkazadigan yog‘ochlik elementlari ochiq urug‘li o‘simliklarda traxeya 
va traxeidlar deb ataladi. 
Traxeya –o‘simlikning butun bo‘yi bo‘ylab o‘tgkan ichi bo‘sh yaxlit 
naydan iborat. Bular bo‘yiga cho‘zilib ketgan va ichidagi moddalari 
yo‘qola boshlagan qator vertikal hujayralardan tashkil topgan. Gorizontal 
to‘siqlar esa erib ketgan bo‘ladi. Hujayralardagi vertikal devorchalarning 
po‘sti to‘r, xalqa, spiral', narvonsimon shaklida qalinlashadi, mayda 
teshikchali yaxlit uzun nay hosil qiladi. 
Traxeidlar-parenximali hujayralarning cho‘zilishi hamda ularning 
ingichkalashgan uchlarining hujayralar orasiga kirishi natijasida paydo 
bo‘lgan prozenxima hujayralaridan iboratdir. Traxeid hujayralarning 
devorchasi ham qalinlashgan. Bu qalinlashish spiral', xalqasimon, 
narvonsimon va teshikchali bo‘ladi. Traxeidlar traxeya naylar orasida 
uchraydi. Nina bargli o‘simlikning yog‘ochligi traxeiddan iboratdir, bu 
hujayralarning radial devorchalarida juda ko‘p hoshiyali teshikchalar 
bo‘ladi. 
Organik moddalarni pastga o‘tkazadigan yupqa devorli lub (floema) 
qismida elaksimon nay va uning yo‘ldosh hujayrasi joylashgan bo‘ladi. 
Bularning hujayrasining po‘sti yog‘ochlanmaydi, tselyuloza holida 
qoladi. Yo‘ldosh hujayra elaksimon naychadan bo‘yiga bo‘linish yo‘li 
bilan paydo bo‘ladi. Hujayrasida sitoplazma va yadro hamma vaqt 
mavjud bo‘ladi. Elaksimon naychalar orasida lub parenximasi va lub 
tolalari sochilgan holda uchraydi. Bular yopiq urug‘li o‘simliklarda 
tushuvchi oqimga xizmat qiladi. Ko‘tariluvchi oqimga esa, narvonsimon, 
xalqasimon, spiralsimon va boshqa shakildagi naylar xizmat qiladi. 
Radius nurlari-tirik va o‘lik parenxima hujayralardan tuzilgan, tirik 
hujayralarda zapas oziq moddalar chegaradan markazga harakat qiladi. 


O‘lik hujayralarda istemol moddalar markazdan chegaraga qarab harakat 
etadi. 
Qovoq poyasini bo‘yiga kesmasini o‘rganish. 
Ish tartibi. Qovoq poyasidan bo‘yiga bir nechta kesik tayyorlab, 
buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yib, ustidan qoplag‘ich oyna bilan 
yopamiz. Tayyorlangan preparatni dastlab mikroskopning kichik 
ob'ektivida so‘ngara katta ob'ektivшda ko‘riladi. O‘tkazuvchi to‘qima 
naychalarining rasmi chiziladi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling