3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1,56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY TO‘QIMALAR; UMUMIY TUSНUNCHA.
TUT PO‘STLOG‘INI O‘RGANISH:
Keksa tut po‘stlog‘idan olib probirkadagi glitserin aralash spirtga bir necha kun solib qo‘yiladi yoki uni bir necha minut qaynatamiz, natijada po‘stloq yumshaydi. So‘ngra uning usti lantsetda tekislanadi va undan bir nechta yupqa kesiklar tayyorlanadi. Bu kesiklardan bittasi buyum oynasidagi glitserin tomchisiga qo‘yib va usti qoplag‘ich oyna bilan yopilib, mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘riladi. Bunda sariq tusdagi po‘stloqning ketma-ket joylashgan po‘kak hujayralari yaqqol ko‘rinadi. Po‘kak qavatlari orasida o‘lib qolgan parenxima hujayralari bo‘lib, ular ichida lub to‘qimasi ora-sira ko‘rinib qoladi. Po‘kak qavatining bukilgan joylarida toshsimon hujayralar guruhi bo‘ladi, bu hujayralar atrofida ba'zan romb shaklida oddiy kristallar ko‘rinadi. Po‘stloqning ko‘ndalang kesimida o‘zaro tutashgan po‘kak ham ko‘rinib turadi. Po‘stloqning yosh qismlarida peridermaning barcha bo‘laklari, ya'ni po‘kakdan tashqari fellogen va felloderma to‘qimalari ham yaqqol ko‘rinadi. Po‘kakning tashqi qavati bir muncha mayda hujayralardan iborat bo‘ladi, bu ham asta-sekin qurib o‘lib ketadi. Po‘kak to‘qimaning ayrim hujayralari uzilib ketib chechevichka(yasmiqcha) hosil etadi, shu chechevichka orqali havo almashib turadi. Po‘stloq va periderma to‘qimalarining rasmi chiziladi va nomlari yoziladi. ASOSIY TO‘QIMALAR; UMUMIY TUSНUNCHA. Asosiy to‘qima parenxima hujayralaridan iborat bo‘lib, hujayra shakli ko‘p qirrali, sharsimon, dumaloq sal cho‘zinchoqroq bo‘ladi, o‘tkir uchlisi bo‘lmaydi. Hujayra po‘sti tsellyulozadan iborat. Asosiy parenxima hujayralari tirik, ichida protoplast, plastidalar va zapas oziq moddalar bor. Parenxima hujayralari orasida havo yo‘liga aylangan bo‘shliq ko‘p bo‘ladi. Hujayralararo bo‘shliqning vazifasi hujayrada havo almashinishini yengillashtirishdir. Boshqa barcha to‘qimalar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turadigan asosiy parenximada quyidagi hodisalar ro‘y beradi: bargning o‘zlashtiruvchi parenximasida organik moddalarni hosil qiluvchi fotosintez hodisasi; ildiz, tuganak, poya va mevalarning g‘amlovchi to‘qimasida zapas oziq moddalarning yig‘ish va saqlash asosiy to‘qima bo‘ladi. Suv to‘plovchi to‘qimada suvning g‘amlanish hodisasi (sukkulent o‘simliklarda semizo‘t, kaktus va boshqalarda) amalga oshadi. Chiqaruv joylari ham asosiy to‘qima parenximadan iborat bo‘lib, smola, elim, efir moyi, shira va boshqa moddalar bilan to‘liq bo‘ladi. Asosiy to‘qimaning o‘lik hujayralari suv, havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Asosiy to‘qimaga po‘stloq parenximasi, lub parenximasi, yog‘och parenximasi, xlorenxima, so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenximalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling