3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

SKLЕRЕNХIMA 
Umumiy tushuncha. Sklerenxima - qalin po‘stli o‘lik prozenxima 
hujayralaridan iborat mexanik to‘qimadir. Sklerenxima hujayralari 
prozenximali bo‘lib, tolasimon tuzilishda bir necha santimetrga etib 
ingichka bo‘ladi. Hujayra po‘sti yog‘ochlashgan. Hosil bo‘lishiga ko‘ra 
birlamchi va ikkilamchi sklerenximaga ajratiladi. 
Birlamchi sklerenxima prokambiy va peretsikldan, ikkilamchi 
sklerenxima kambiydan hosil bo‘ladi. Poyaning po‘stloq qismida 
joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Bu tolalar ko‘pincha 
peretsikldan hosil bo‘lib, ularning hujayra po‘sti ancha vaqtgacha 
tsellyulozaligicha qoladi, ba'zida yog‘ochlanishi mumkin. Kambiydan 
hosil bo‘lgan yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan sklerenxima 
yog‘ochlik sklerenximasi yoki libriform deyiladi. Bu sklerenxima 
hujayralari lub tolalariga qaraganda kaltaroq va hujayra po‘sti esa doimo 
yog‘ochlangan bo‘ladi. Zig‘irning ingichka poyasi po‘stlog‘ida 
bo‘ladigan sklerenximani lub tolalari deb ataladi. 
Makkajo‘xori poyasining sklerenxima to‘qimasini o‘rganish. 
ISН TARTIBI. Makkajo‘xori poyasining bo‘g‘im oralig‘idan sirtiga 
yaqin joydan olib, yupqa kesiklar tayyorlanadi. Mikroskopda ko‘rilsa, 


kesmaning sirt tomonida epiderma undan ichkariroqda dastlabki po‘stloq 
hujayralari hamda bir muncha zich joylashgan sklerenxima tolalarini 
ko‘rish mumkin. Bu tolalar ko‘p qirrali yoki dumaloq shaklli qalin po‘stli 
yog‘ochlangan hujayradan iborat. Mexanik to‘qima xalqasining tagida 
ko‘p hujayrali yupqa po‘stli parenxima joylashadi. Parenxima hujayralari 
orasida mayda periferik (chetki) o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan. U 
sklerenxima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Sklerenxima hujayra po‘sti xlor-tsink 
ta'siridan qo‘ng‘ir sariq tusga, safranin ta'sirida esa qizil tusga kiradi. 
Sklerenxima to‘qimasini mikroskopda ko‘rib, rasmi chizib olinadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling