3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yasmiqchalar
- QURUQ PO‘STLOQ;
PЕRIDЕRMA VA PO‘STLOQ.
Kelib chiqishi ikkilamchi bo‘lgan qoplag‘ich to‘qima periderma deyiladi. Bu to‘qima o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, uchta qavatdan iborat: 1-sirtqi qavat- po‘kak yoki fellema, ya'ni po‘sti po‘kaklashib qo‘ng‘ir tusga kirgan o‘lik hujayralar qatlami; 2-fellogen yoki po‘kak kambiysi-bo‘linadigan, quyuq protoplazma va yadrosi bo‘lgan tirik hujayralarning o‘rta eng yupqa qavati: 3-felloderma- fellogendan hosil bo‘lgan ichki tirik hujayra qavati. Fellogen ichkariga qarab tirik xlorofilli parenximatik hujayralarni hosil qiladi. Bu hujayralar siyrak joylashib, ular orasida hujayralararo bo‘shliqlar qoladi. Bu to‘qima felloderma deyiladi. Demak, fellogen, po‘kak (fellema) hamda fellodermani birgalikda periderma deyiladi. Yasmiqchalar (chechivichkalar). Birlamchi qoplovchi to‘qima (epi- derma) dagi og‘izchalar poyada bargdagiga nisbatan kamroq bo‘ladi va keyinchalik epiderma bilan birga to‘kiladi. Biroq epidermadagi ba'zi bir og‘izchalar ostidagi birlamchi parenxima hujayralaridan maxsus guruh xlorofilsiz hujayralar hosil bo‘ladi. Ular kengayadi, bu hujayralar bir- biridan ajralib, sharsimon shaklga kiradi. Ana shu hujayralar ostida yasmiqchalar fellogen rivojlanadi.bunday hujayralar bajaruvchi to‘qima deyiladi. Natijada bajaruvchi hujayralar po‘sti po‘kaklashadi va ichi havo bilan to‘ladi, ular orasida ko‘p miqdorda hujayralararo bo‘shliqlar vujudga keladi va shu joy bo‘rtadi, epiderma yoriladi, hosil bo‘lgan yoriqli bo‘rtma yasmiqcha deyiladi. Tashqi muhit bilan poyani ichki to‘qimalari orasida havo almashinuvi jarayoni shu yasmiqchalar orqali bo‘ladi. Yasmiqchalarni marjon daraxti–buzinada ko‘rishimiz mumkin. QURUQ PO‘STLOQ; Daraxtlarning poyasi kambiy qavatining uzluksiz rivojlanishi natijasida doimo eniga o‘sib yo‘g‘onlashib turadi va shuning natijasida 2-3 yildan so‘ng periderma yoriladi. Poya po‘stlog‘ining ichki qatlamlaridan yangi fellogen hosil bo‘ladi va undan yangi po‘kak qavati rivojlanadi, vaqt o‘tishi bilan tashqi tomonda joylashgan po‘stloqning hamma to‘qimalari, fellogen va fellodermalar ham o‘ladi shu po‘stloqning o‘lik to‘qimalari yig‘indisi quruq po‘stloq deyiladi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling