3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
O‘TKAZUVCHI BOG‘LAMLAR.
UMUMIY TUSHUNCHA: O‘tkazuvchi bog‘lamni o‘simliklarda ikkita asosiy qism tashkil etadi. 1).Ksilema (yog‘ochlik), 2).Floema (lub). O‘tkazuvchi bog‘lam orasida boshqa to‘qimalar tirik parenxima, suv naylari, sklerenxima ham bo‘ladi. Yog‘ochlik va lub to‘qimalari murakkab to‘qimalardir, bularning tarkibiga o‘tkazuvchi, mexanik, zahira oziq saqlovchi to‘qimalar kiradi. Yog‘ochlik to‘qimalari 3ta quyidagi to‘qimalardan tuzilgandir: 1.Suv naylari yoki traxeidlar. Bular ko‘tariluvchii oqimni bajaradi. 2.Yog‘och parenximasi. Bular zahira oziq to‘playdi. 3.Yog‘och tolalari – zichlik beradi. Lub to‘qimasining tuzilishida ham 3 xil to’qimalar ishtirok etadi: 1.Elaksimon naylar (tushish oqimini bajaradi). 2.Lub parenximasi (zahira oziq to‘playdi). 3.Lub tolalari (zichlik beradi). Boshlang‘ich lublarda lub tolalari bo‘lmaydi. Ksilema va floemaning tolali naylari bog‘lami har xil o‘simliklarda har xil tuzilgan, kontsentrik, kollaterial, bikollaterial va radial. Bog‘lamdagi ksilemani floema yoki floemani ksilema o‘rab olgan bo‘lsa kontsentrik bog‘lam deyiladi. Bunday bog‘lam bir pallalik o‘simliklarda va paporotniklarda uchraydi. 2).Floema bilan ksilema yonma-yon joylashib, ichki tomonda ksilema, tashqi tomonda floema joylashsa kollaterial o‘tkazuvchi bog‘lam deyiladi. Bu bog‘lamning asosiy qismini ksilema tashkil etadi. Ildizning birlamchi tuzilishida ksilema ildiz markazida radial nurlar hosil qilib joylashib ksilema nurlari orasida floema bo‘ladi. Bu bog‘lamni radial bog‘lam deyiladi. Bunday bog‘lam yuksak o‘simliklar ildizlarida va plaunlar poyasida uchraydi. Tarkibida kambiy bo‘lgan eniga o‘sadigan bog‘lamga ochiq bog‘lam deyiladi. Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamda floema bilan ksilema orasida kambiy qavati bo‘lmaydi va eniga o‘sa olmaydi. Bu yopiq bog‘lam bo‘lib, bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling