3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari


-chizma. Iqtisodiyot sohalari nuqtai-nazaridan iqtisodiy tahlilning turkumlanishi


Download 80.68 Kb.
bet2/11
Sana25.02.2023
Hajmi80.68 Kb.
#1228066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari

3.1-chizma. Iqtisodiyot sohalari nuqtai-nazaridan iqtisodiy tahlilning turkumlanishi.
1 va 2 funktsiyalar boshqarishni texnologik bosqichlarini aks ettiradi, ya`ni qarorlar qabul qilish jarayonini axborot va iqtisodiy tahlil bilan ta`minlaydi. Shu bilan birga, boshqarishning boshqa funktsiyalarini amalga oshirishda ham iqtisodiy tahlilning alohida o’rni bor. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini olaylik. Kelgusi davrga reja tuzish uchun korxona faoliyatining o’tgan yillarini atroflicha tahlil qilish va shu asosda uning rivojlanish tendentsiyasini aniqlab olish zarur.



3.2-chizma. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan iqtisodiy taxlining turkumlanishi
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turlari qo’yidagilarga qarab ham turkumlanadi;
1) Halk xujaligini tarmok strukturasi (sanoat va uni tarmoklari, qishloq xo’jalik, kurilish, trans’ort, savdo, moddiy-texnika ta`minoti va boshqalar);
2) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari tahlili (ishlab chiqarish, iste`mol, taksimot va ayriboshlash jarayonlarini tahlili);
3) Tahlilni o’tkazuvchi sub`ekti bo’yicha, ya`ni tahlilni kim tomonidan o’tkazilayotganligiga karab (iqtisodiy xizmat xodimlari, korxonani ijtimoiy tashkilotlari, moliya, kredit organlari, auditorlik tashkilotlari, kasaba kumita va ijtimoiy tashkilotlar);
4) Tahlil o’tkazish muddati bo’yicha (yillik, kvartallik, oylik, dekadalik, kunlik, smenalik va bir martalik tahlil);
5) o’rganiladigan masalalarning mazmuni va mukamalligi bo’yicha (xajalik faoliyatini kom’leks tahlili va tematik tahlili);
6) ob`ektni o’rganish usuliga karab (kom’leks, tizimli tahlil, taqqoslama, tanlanma, korrelyatsion tahlil va boshqalar).
Korxonalar faoliyatini kom’leks tahlil qilish ularni faqat gina iqtisodiy faoliyatini tahlil kilmasdan, ularni texnik, ijtimoiy, tabiiy sharoitlari va ularni o’zaro aloqasini ham tahlil qilib berishi lozim.
Boshqarish tizimi bo’yicha o’tkaziladigan tahlil turlari
Xo’jalik faoliyatining joriy (retros’ektiv) tahlili. Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil o’tkazish usuli to’la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi.
Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo’jalik faoliyatida erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo’jalik rezervlarini kom’leks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish ishda yo’l qo’yilgan kamchilik va ularni aybdorlarini to’ish, moddiy va ma`naviy ragbatlantirishni tashkil etishdan hisoblanadi.
Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanishining asosiy sabablari, deb qo’yidagilarni xisoblash mumkin:
1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo’jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish va hokazolar joriy tahlil zimmasiga tushadi;
2. Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanilishiga barcha korxonalarning tasdiqlangan yagona hisobot shaqllariga asosan yuqori tashkilot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot to’shirish vazifasining zarurligi;
3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmog’i 90 foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o’tkazish usuli hali to’la ishlab chiqilmagan;

  1. Joriy tahlilda korxonaning xo’jalik faoliyati chuqur, har tomonlama o’tkaziladi, chunki tahliliy xodimning ixtiriyorida barcha axborotlar manbai muhayyo;

  2. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan;

  3. Iqtisodiy oliy o’quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi.

Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar manbai bo’lib - oylik, kvartallik, yillik reja va xisobotlar xisoblanadi.
Joriy tahlilning sub`ekti - korxonaning iqtisodiy bo’limlari, yuqori tashkilot, moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning ob`ekti-korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir.
Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligishundaki, uni o’tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kom’leks xarakterga ega bo’lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi.

Download 80.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling