3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari


Download 80.68 Kb.
bet4/11
Sana25.02.2023
Hajmi80.68 Kb.
#1228066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari

Istiqbol tahlili. Istiqbol tahlili, deganda xo’jalik yurituvchi sub`ektning kelgusi faoliyatini oldindan o’rganish, bo’ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub`ekt biznes-rejani to’zish uchun o’z faoliyatini nima bilan yakunlashi to’grisida aniq tushuncha va ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi ‘aytda uni loyiha tahlili, ham deb atamoqdalar.
Istiqbol tahlilini asosiy vazifalari bo’lib kuidagilar xisoblanadi:
1) xo’jalik faoliyatini bashorat qilish;
2) istikbol rejalarini ilmiy asoslash;
3) ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish va baholash.
Korxonani asosiy vazifasi xalk xo’jalik uchun xozirgi kundagi eng zarur ma`sulotlarni keraqli mikdorda va sifatli qilib ishlab chiqishdir. Xalk xujaligi uchun lozim bulgan hajmdagi va turdagi mahsulotni aniqlash uchun: shu mahsulotga bulgan extiej; korxonani shu ma`sulotni ishlab chiqarish imkoniyati; shu turdagi ma`sulot ishlab chiqarishdagi boshqa korxonalar imkoniyati; mol yetkazib beruvchilarni imkoniyatlari va boshqalarni o’rganish kerak.
O’zaro bog’langan ob`ektlar bo’yicha o’tkaziladigantahlil turlari
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil kom’leks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning birikishi asosida hosil bo’lgan. Texnika-iqtisodiy tahlil 3 yo’nalishda olib boriladi:
- ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish;
- shlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish;
- ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish.
Korxonaning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg’or texnologiya jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni kom’leks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qo’l mehnatini to’la mexanizatsiyalash, zamonaviylash-tirish kabi masalalar kiradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv masalalarini tahlil qilish jarayonida qo’llanilayotgan boshqaruv shaqllarining ‘rogres-sivligi (ilg’orligi), boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv shaqllarining ilg’orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv a’’aratini qisqartirish kabi yechimlar hal etiladi.
Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida istehmolchi-lar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqa-rish, ularning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari res’ublikamizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) namunalari bilan taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali aniqlanadi. Texnika-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar, texniklar, muhandislar, mutaxassislardan to’zilgan kom’leks brigada orqali amalga oshiriladi.

Download 80.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling