3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari


Iqtisodiy manbaalar boshqa axborotlardan quyidagi


Download 80.68 Kb.
bet8/11
Sana25.02.2023
Hajmi80.68 Kb.
#1228066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari

Iqtisodiy manbaalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo’lishi bilan tegishli boshlang’ich hujjatlarda qayt etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.

  • Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko’’gina manbaalarda qayt etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.

  • Ommaviyligi va hajmining kengligi –ko’’gina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo’lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.

  • Ma`lum davrlarda takrorlanib turishligi –tasdiqlangan me`yoriy hujjatlar muntazam to’lg’azilib tegishli tashkilotlarga to’shirilish ko’zda to’tiladi, hisobot davrlari- choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo’linib axborotlar to’ziladi.

  • Qonunlashganligi va chegaralanganligi –barcha iqtisodiy axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib to’ziladi. Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma`lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo’lib, faqat egasining ruxsati bilan e`lon qilinishi mumkin.

  • Ko’’ qirraliligi va sermazmunligi –iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o’lchamlarida ko’rsatiladi, boshlang’ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko’rsatilgan holda rasmiylashadi.

Iqtisodiy ma`lumotlarni aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi ma`lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi.
Tahlil uchun kerakli manbaalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:

  1. Xaqqoniylik va holisonalik tamoiliga amal qilinadi.

  2. Manbaalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo’lmog’i lozim, ya`ni reja, hisob va statistik malumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to’liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak.

  3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbaalar aniq o’lchamda aks ettirilishi lozim.

  4. Barcha manbaalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi saqlaniladi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to’ldirib turilishini taqozo etadi.

  5. Manbaalarga kiritilgan ko’rsatkichlarni aniqlanish tamoillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hakozolar.

Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo’lishligiga imkon yaratadi.
Xo’jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kom’ yuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini qo’llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to’g’ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi. Bunday amalga oshirish uch xil yo’nalishda bo’lishi mumkin, ya`ni:

  • Markazlashgan;

  • Markazlashmagan;

  • Aralash.

Xo’jalik faoliyatini tahlil etishning avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida amalga oshirish quyidagi ‘rintsi’larga amal qiladi:

  • Aniq maqsadga ega ekanligi sistemalashganligi;

  • Kom’leksliligi;

  • Ixchamlashganliligi;

  • Uzluksizlik va muntazamlilik;

  • Taqqoslanish imkoniyatini kengligi;

  • Yechim loyihasi aniq va ixchamliligi.

Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:

  • Qayd etish;

  • Boshlang’ich ma`lumotlarni yig’ish va uzatish;

  • Umumiy ma`lumotlar bazasini tashkil etish;

  • Ko’rsatkichlar algoritmi bo’yicha ma`lumotlarni qayta ishlash;

  • Iste`molchilar uchun kerakli ma`lumotlarni tayorlash.

Tahlil uchun kerakli ma`lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo’llaridan biri– kom’ yuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.

Download 80.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling