3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari


Download 80.68 Kb.
bet5/11
Sana25.02.2023
Hajmi80.68 Kb.
#1228066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari

Moliya-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko’rsatkichlar tizimini o’rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Umumlashgan qiymat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sotish bo’yicha rejaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to’g’ri keladigan yillik ish unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil qilish jarayonida ana shu qiymat ko’rsatkichlar batafsillashtiriladi. Masalan, mahsulot hajmi-taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, ularni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bo’yicha, mahsulotning sifati kabilar. Mahsulot tannarxi ko’rsatkichi umuman va ularning unsurlari va kal qo’lyatsiya moddalari bo’yicha belgilangan biznes-rejaning bajarilishiga tahsir qiluvchi omillar batafsil tahlil qilinadi. Umumlashgan mehnat unumdorligi ko’rsatkichi (bir ishlovchiga to’g’ri keladigan yillik ish unumi) bir ishchiga to’g’ri keladigan yillik, kunlik va soatlik ish unumini o’z ichiga oladi.
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shaqllaridan qo’llanilish hisoblanadi.
Shunday qilib, moliya-iqtisodiy tahlilning ‘redmeti korxonalar xo’jalik faoliyatining turli tomonlari, xo’jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy ko’rsatkichlarning bir-biri bilan sababiy bog’lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning subhekti - bu korxona, vazirlik, boshqarma, moliya-kredit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bo’linmalari hisoblanadi.
Funktsional - qiymat tahlili. Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida keraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga keltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog’ida har tomonlama hisobga olish kerak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqotadi. FQT – obhektni (mahsulot) texnologik va mehnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi. Ushbu tahlil usuli ushbu ma`ro’zalar kursida alohida mavzu sifatida kurib chiqiladi.

Download 80.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling