Iqtisodchi olimlar fikriga koʻra jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni quyidagi holatlarni oʻz ichiga oladi: - mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtiradi;
- xo’jalik yuritishni toʻliq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyotini ochiqligini ta’minlaydi;
- istalgan bozorlarga barcha ishtirokchilarning qarshiliksiz kirishini ta’minlaydi;
- moliyaviy va savdo operatsiyalarni amalga oshirishga tegishli tartiblarni universallashtiradi;
- bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltiradi, ya’ni unifikatsiya qiladi;
- kapitalni joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumjahon toʻlov- hisob tizimiga qo’yilgan talablarni standartlashtiradi.
Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makonini shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat xayotining barcha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon XX oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o’ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimini shakllanishiga kuchli turki berdi. Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makonini shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat xayotining barcha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon XX oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o’ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimini shakllanishiga kuchli turki berdi. Birinchidan, globallashuv mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining ob’ektiv omillarini yuzaga keltiradi.
Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari
Globallashuvning ikkinchi manbasi – protektsionizm siyosatini cheklashga sabab bo’luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |