Globallashuvning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qoʻshimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan mamlakatlar mavqeini salbiy tomonga oʻzgarishiga sabab bo’lib, ularni globallashuv jarayonini sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan oʻrniga bog’liqdir. Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi koʻrsatkichlar yordamida ifodalash mumkin: Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi koʻrsatkichlar yordamida ifodalash mumkin: - xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning o’sish sur’atlari;
- toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
- kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi;
- yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish) hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy koʻrsatkichiga (ham ichki, ham tashqi)nisbati;
tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy mahsulotga nisbati; - tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy mahsulotga nisbati;
- patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
- bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsiyalar hajmi va dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati;
- xalqaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
- valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: - globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning kengayishi va undagi raqobat jarayonining kuchayishi nafaqat milliy darajada balki, jahon miqyosida ishlab chiqarishning oʻsishini rag’batlantiruvchi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi.
- ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi. Bu holat, narxlarni pasayishi va xarajatlarni qisqarishiga, pirovardida barqaror iqtisodiy oʻsishga olib kelishi mumkin.
- globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri – erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |