3-mavzu. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi

Globallashuvning ikkinchi manbasi – protektsionizm siyosatini cheklashga sabab bo’luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridi

Download 195.34 Kb.
bet4/9
Sana09.10.2023
Hajmi195.34 Kb.
#1696648
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu-ХММ

Globallashuvning ikkinchi manbasi – protektsionizm siyosatini cheklashga sabab bo’luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir.

Baynalmilallashuv jarayonining uchinchi manbasi va globallashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi boʻldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar etakchi kuch sifatida namoyon boʻladi va ular bir vaqtning oʻzida baynalmilallashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.

Globallashuv jarayonining manbalari
Birinchi manba
Xalqaro mehnat taqsimoti
Fan-texnika taraqqiyoti
Ikkinchi manba
Iqtisodiyot liberallashuvi
Protektsionizmni cheklash va savdoni erkinlashtirish
Uchinchi manba
Transmilliylashtirish jarayonining kuchayishi
TTXI hajmining ortishi
Xizmatlar ko‘rsatish sohasining rivojlanishi

Zamonaviy transmilliy korporatsiyalar, oldingi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKlardan farqli ravishda, asosan axborot va moliyaviy bozorlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur bozorlarning global miqyosda birlashuvi sodir boʻlmoqda va natijada yagona jahon moliyaviy-axborot makoni shakllanmoqda. Bunga muvofiq tarzda TMKlarning va ular bilan chambarchas aloqador boʻlgan milliy iqtisodiy tuzilmalar hamda tashkilotlarning roli oshib bormoqda.

Hozirgi paytda yangi texnologiyalarning 80% TMKlar tomonidan yaratilmoqda, ayrim holatlarda ularning daromadlari ayrim yirik mamlakatlarning yalpi milliy daromadidan oshib ketmoqda. Aytish joizki, dunyoning 100ta yirik iqtisodiyoti roʻyhatida 51ta oʻrinni TMKlar egallagan. Ular faoliyatining muhim qismi gipertexnologiyalarni (yoki metatexnologiyalar) ishlab chiqish bilan bog’liq. Bular jumlasiga, yangi kompyuterlar avlodi, kompyuter dasturlari, ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni va boshqalarni kiritish mumkin.

Download 195.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling