3-mavzu. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi


Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin


Download 195.34 Kb.
bet6/9
Sana09.10.2023
Hajmi195.34 Kb.
#1696648
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu-ХММ

Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

1. Ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar:

  • ishlab chiqarish ko’lamining keskin kuchayishi;
  • ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga – yuqori, ilmiy sig’imli texnologiyalarga o’tish;
  • mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakatidagi to’siqlarga barham berilishi;
  • mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta’minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi;
  • ilmiy va intelektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi.

2. Tashkiliy omillar;

2. Tashkiliy omillar;

  • ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi;
  • nohukumat tashkilotlarining koʻp millatli yoki jahon darajasiga chiqishi;
  • koʻp millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning global iqtisodiyotda asosiy rol o’ynovchi xususiy yoki davlat tashkiloti sifatida oʻzgarishi.

3. Iqtisodiy omillar:

3. Iqtisodiy omillar:

  • kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkinlashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va protektsionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi;
  • kapital toʻplanishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalarning oshishi, valyutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi;
  • xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning bir xillashtirilishi;
  • standartlashtirish tendentsiyasining kuchaytirilishi.

4. Axborot omillari:

4. Axborot omillari:

  • moliyaviy, iqtisodiy ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarishga oid ma’lumotlarni almashinish tizimining tubdan oʻzgarishi.
  • bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shakllanishi;
  • mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujudga kelishi.

Download 195.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling