3-mavzu: Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Reja


Download 167.98 Kb.
bet11/23
Sana20.06.2023
Hajmi167.98 Kb.
#1634224
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
3-mavzu

Eritrositlar. Qizil qon tanachalari bo`lib, ularning ko`pchilligi ya'ni 85-90 % qonga rang beruvchi gemoglabin hosil qiladi. Uning diametri 7-8 mikron, qalinligi 2,5 mikronga teng bo`lib, Yangi tug`ilgan bolalar qonida eritrotsitlar katta odamlarnikiga nisbatan ancha ko`proq ya'ni 1mm3 qonida o`rtacha 4,5-7,5 mln eritrotsit bo`ladi. Katta yoshdagi erkaklarda 1mm3 qonida 4,5-5 mln, ayollarda esa 4-4,5 mln dona eritrotsit bo`ladi. Butun organizmda 25 trilion eritrotsit bo`ladi.
Yangi tug'ilgan bolalarda eritrotsittarkibidagi gemoglobin miqdori 110-114%, bo`lib 100 gr qonda 17-25 g gemoglabin bo'ladi. Bola katta bo'lgan sari gemoglobin miqdori kamayib, 1-2 yoshda 80-90% bo`lib, 7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya'ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo`ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo`ladi.
Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi— globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
Gemoglabin o`pkada havo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi va to`qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to`qima hujayralarga kislorodni berib, to`qima hujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib o`pkaga ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo`ladi.
Eritrotsitlar va ular tarkibidagi gemoglabinnng hosil bo`lishi va soni normal miqdolrda bo`lishi odamning sog`ligiga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishiga va boshqalarga bog`liq bo`ladi. Eritrotsitlar suyaklarning ko`mik qismida hosil bo`lib, 120 kun yashaydi. So`ngra ular jiga rva toloqda parchalanib, suyak ko`migida hosil bo`layotgan eritrotsitlar uchun oziq bo`lib sarflanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o`pkadan) organizm to`qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi.
Bolalar va o'smirlarda kamqonlik va uning oldini olish.Kamqonlik-bu eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishidir. Kamqonlikda bolalar va o'smirlarda bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi, o'qish va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Kamqonlikda organizm holsizlanib, turli kasalliklarga tez beriluvchan bo'lib qoladi.
Kamqonlikning oldini olish uchun kun tartibiga rioya qilish, ratsional ovqatlanish, ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, darmondorilar yetarli miqdorda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, ochiq havodan nafas olish, ko'proq tabiat qo'ynida bo'lish kerak.

Download 167.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling