O’zgarmas tok mashinasining uyg’otish usullari va tezligini rostlash.
Magnit maydonini uyg‘otish usuliga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlarini tasniflash
O’zgarmas tok generatorlarining xususiyatlari ularning uyg‘otish sxemasiga
qarab, yani bosh qutbning uyg‘otish chulg‘amlariga qanday yuborilishiga qarab
turlicha bo‘ladi.
O‘zgarmas tok generatorlari magnit maydonni uyg‘otish usuliga qarab, mustaqil
uyg‘otishli va o‘z-o‘zidan uyg‘otishli bo‘ladi. Mustaqil uyg‘otishli
generatorlarning uyg‘otish chulg‘amlariga yuboriladigan tok tashqi manba
(akkumulyator batareyasi yoki boshqa generator) dan olinadi. O‘z-o‘zidan
uyg‘otishli generatorlarning uyg‘otish chulg‘amlariga yuboriladigan tok bevosita
generatorning o‘zida (yakoridan) olinadi. O‘z-o‘zidan uyg‘otishli generatorlar uch
xil bo‘ladi:
a) paralel uyg‘otishli yoki shunt uyg‘otishli generatorlar;
b) ketma ket uyg‘otishli yoki series generatorlar;
v) aralash uyg‘otishli yoki kompaund generatorlar.
Parallel uyg‘otishli generatorlarda uyg‘otish chulg‘ami yakor chulg‘amiga
parallel qilib ulangan. Ketma ket uyg‘otishli generatorlarda esa uyg‘otish
chulg‘ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi. Aralash uyg‘otishli
generatorlarning uyg‘otish chulg‘ami ikkita bo‘ladi. Ulardan biri yakor
chulg‘amiga parallel, ikkinchisi esa tashqi yakor shoxobchasiga ketma ket qilib
ulanadi. Agar ushbu generatorning paralel chulg‘amidan o‘tuvchi ozgina tok
hisobga olinmasa, ketma ket uyg‘otish chulg‘amini ham yakor chulg‘amiga ketma
ket ulangan, deb hisoblasa bo‘ladi.
O‘zgarmas tok generatorlarining o‘z-o‘zidan uyg‘otilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |