3-mavzu. O‘zgarmas tok elektr mashinalari. Asinxron va sinxron mashinalar. Reja
Asinxron motorning tuzilishi va ishlash printsipi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu
Asinxron motorning tuzilishi va ishlash printsipi.
Asinxron mashinalar o‘zgaruvchan tok mashinasi bo‘lib, uning ishlash prinspi aylanuvchan magnit maydoni hodisasiga asoslangan. Asinxron mashinalar ham generator, ham dvigatel sifatida ishlatilishi mumkin. Asinxron dvigatelning tuzilishi oddiy, ishlatish qulay, energetik va mexanik xarakteristikalari yaxshi bo‘lgani uchun sanoatda ishlatilayotgan elektr dvigatellarining 80 foizidan ko‘prog‘ini asinxron dvigatellar tashkil etadi. Bunday katta talabni qondirish uchun mashinasozlik zavodlarida har yili ishlab chiqarilayotgan asinxron dvigatellarining quvvati vattning bir necha ulushlaridan, bir necha ming kilovattgacha, ish kuchlanishi esa 127 V dan 10 kV gacha bo‘ladi.
Asinxron dvigatellar, bir, ikki va uch fazali qilib yasaladi. Uch fazali asinxron dvigatellar metall kesish, yog‘ochni qayta ishlash dastgohlar, ko‘tarma kranlar, liftlar, eskalatorlar, ventilyatorlar, nasoslar va boshqa mexanizmlarni harakatga keltirishda ishlatiladi.
Bir fazali asinxron dvigatellarining quvvati, odatda 0,5 kVt dan oshmaydi. Undan avtomatik boshqarish sistemalarida, turli asboblarning elektr yuritmalarida, uy-ro‘zg‘or mashinalarida foydalaniladi. Kichik quvvatli asinxron mashinalar vallarining aylanish tezliklarini o‘lchashda generator (taxogenerator) sifatida ham ishlatiladi.
Asinxron mashinalar chastota o‘zgartirgich, kuchlanish o‘zgartirgich va faza o‘zgartirgich sifatida ham keng qo‘llanadi. Barcha elektr mashinalari kabi asinxron dvigatellar ham ikki asosiy qism; qo‘zg‘almas qism va qo‘zg‘aluvchan (aylanuvchi) qism rotordan iborat. Stator stanina, po‘lat o‘zak va statorning pazlariga joylashtirilgan uch fazali chulg‘amlardan iborat. Stanina cho‘yandan yoki alyuminiydan silindrsimon shaklda yasalgan bo‘lib, uning ichiga statorning po‘lat o‘zagi mahkamlanadi. Shuningdek, stanina mashinani tashqi mexanik ta’sirlardan saqlash uchun ham xizmat qiladi. Staninada stator chulg‘amlarini elektr energiya manbaiga ulash uchun shu chulg‘amlarning uchlari chiqarilgan “klemmalar qutichasi” bor. Asinxron dvigatel ishlayotganida uni yaxshiroq sovutish maqsadida stanina qovurg‘ali qilib yasaladi. Cho‘yandan quyilgan staninali elektr mashinalar ko‘tarish uchun mo‘ljallangan vintli ilgakga ega bo‘ladi. Statorning silindrsimon po‘lat o‘zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm li, o‘zaro maxsus tok bilan (transformator o‘zagi kabi) izolyatsiyalangan elektrotexnik po‘lat plastinalar to‘plamidan iborat. Stator po‘lat o‘zagining ichki sirtida stator uzunligi bo‘yicha ketgan pazlarga stator chulg‘amlari joylashtirilgan. Stator chulg‘ami izolyatsiyalangan mis simlardan yasalgan bo‘lib, stator pazlariga 2 π/3 burchak ostida joylashtiriladi. Chulg‘amlarinng bosh va oxirgi uchlari yuqorida aytilganidek, “klemmalar qutichasiga” chiqarilgan bo‘ladi. Chulg‘am uchlarining ochiq qoldirilishi uni tarmoq kuchlanishining qiymatiga qarab “yulduz” yoki “uchburchak” sxemada ulashga imkon beradi. Rotor dvigatelning aylanish o‘qiga mahkamlangan bo‘lib, uning po‘lat o‘zagi ham statorniki kabi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm li elektrotexnik po‘lat plastinalar to‘plamidan iborat. Po‘lat o‘zak plastinalarining ustki yuzasida pazlar o‘yilgan bo‘lib ularning konfiguratsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Po‘lat o‘zak dvigatelning o‘qiga mahkamlanadi. Po‘lat o‘zak plastinkalaridagi pazlar rotor ariqchalarini tashkil etib, unga rotor chulg‘amlari joylashtiriladi. Asinxron dvigatellar rotor chulg‘amlarining tuzilishiga qarab ikkiga bo‘linadi, dvigatelning nomiga esa shu chulg‘am nomi qo‘shib aytiladi. Agar po‘lat o‘zak ariqchalariga alyuminiydan yasalgan sterjenlar joylashtirilib, ularning uchlari alyuminiy halqalar bilan biriktirilsa, bunday rotor chulg‘amlari qisqa tutashtirilgan rotor deyiladi. Bunday dvigatel esa qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel deb nomlanadi. Issiq sharoitlarda ishlatiladigan dvigatellarning sovitilishini yaxshilash maqsadida rotor o‘qiga shamollatish parrakchalari o‘rnatiladi. Quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellarning rotor (chulg‘amlari) sterjenlari alyuminiydan quyib tayyorlanadi. Rotor sterjenlari (chulg‘amlari) o‘zaksiz holda “olmaxon g‘ildiragi” ko‘rinishiga ega. Agar rotorning po‘lat o‘zagi ariqchalariga, stator chulg‘amlari kabi, misdan yasalgan uch fazali chulg‘am joylashtirilsa, bunday rotor faza chulg‘amli rotor, bunday dvigatel esa faza rotorli asinxron dvigatel deb ataladi. Rotor chulg‘ami “yulduz” sxemada ulanib, chulg‘amning bosh uchlari asinxron dvigatelning o‘qiga mahkamlangan kontakt halqalar bilan tutashtiriladi. Kontak halqalar esa grafik cho‘tkalar yordamida dvigateldan tashqariga o‘rnatilgan uch fazali yurgizish reostati bilan biriktiriladi. Yurgizish reostati Ryur dvigatel ishlaganda rotor chulg‘amining qarshiligini va shu bilan birgalikda rotor tokini boshqarish uchun xizmat qiladi. Uch fazali tok sistemasi yordamida aylanuvchan magnit maydonining hosil bo‘lishi
Aylanuvchan magnit maydonning hosil bo‘lishini statorining pazlariga uch fazali chulg‘am joylashtirilgan asinxron mashinasi misolida ko‘rib chiqamiz. Agar stator chulg‘ami uch fazali kuchlanish manbaiga ulansa, chulg‘am orqali uch fazali tok o‘ta boshlaydi I A =I m sin
ωt; iB=Imsin
− ; 3 2 π ω t
ic=Imsin . 3 4 − π ω
har bir chulg‘amdan o‘tayotgan tok vaqt bo‘yicha sinusidal qonuni bo‘yicha o‘zgaruvchi magnit yurituvchi kuch (MYuK) F A , F B va F
C larni hosil qiladi (F=IW). Uch fazali tok hosil qilgan umumiy MYuK ning yo‘nalishini va qiymatini aniqlash uchun faza chulg‘amlaridan o‘tayotgan toklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigiga murojaat qilamiz. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, t=t1 lahzada A fazasidagi tok I
A =i
m qolgan fazalarda esa I B =-
2 , 2 Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling