3-mavzu. O‘zgarmas tok elektr mashinalari. Asinxron va sinxron mashinalar. Reja
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu
O‘zgarmas tok generatorlarining o‘z-o‘zidan uyg‘otish zanjirida
ishlatiladigan quvvati juda kichik (yakorda iste’mol qilinadigan quvvatning 3 ÷ 5% qismini tashkil qiladi). Uyg‘otish zanjirini ta’minlash uchun alohida mustaqil manba ishlatish juda noqulay. Shuning uchun amalda uyg‘otish chulg‘amini yakordan olingan tok bilan ta’minlaydigan o‘z-o‘zidan uyg‘otish generatorlari ko‘proq ishlatiladi. Parallel uyg‘otishli generatorda uyg‘otish chulg‘ami rostlash qarshiligi orqali yakorga parallel qilib ulanadi. Bunday generatorning yakori qismalaridagi kuchlanish ,
R I E U я я я = − =
bu yerda I ya R ya - yakor qarshiligidagi kuchlanishning pasayishi. yakor ham tashqi elektr shoxobchasini, ham uyg‘otish zanjirini tok bilan ta’minlaydi, ya’ni I ya =I+Iu. Generator normal ishlaganida uning uyg‘otish chulg‘amidan o‘tadigan tokning miqdori: ,
y R P R R U R R U + = + = Ι Υ Υ Υ bu yerda U U - uyg‘otish kuchlanishi (u yakor qismlaridagi kuchlanishga teng); R U – uyg‘otish chulg‘amining qarshiligi; R R – rostlash reostatining qarshiligi. Yuklama bo‘lmaganida, ya’ni I=0 da
.
Uyg‘otish toki yakorning nominal tokiga nisbatan juda oz bo‘lganligi uchun yakor kuchlanishining pasayishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi, ya’ni U Ya ≈
Ye=cpF bo‘ladi. Bunda .
У У R ω Ι = Φ
Yakorning aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lganida yakor qismalaridagi kuchlanish uyg‘otish tokigagina bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
).
у я I f E U = = Uyg‘otish tokini hosil qilish uchun yakor qismlarida kuchlanish bo‘lishi kerak. Yakor qismalarida kuchlanish hosil qilish uchun uyg‘otish toki bo‘lishi kerak.
Dastlab yakor birlamchi dvigatel vositasida aylantirila boshlaganda uyg‘otish toki va uyg‘otish tokini hosil qiluvchi yakor qismalarida hech qanday kuchlanish bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa, mashinada kuchlanish va tok qanday hosil bo‘ladi? Bunday generatorda EYuK paydo bo‘lishi o‘z-o‘zidan uyg‘otish prinsipiga asoslangan. Generator ishlashi yoki o‘z o‘zidan uyg‘onishi uchun uning magnit sistemasi (qutblar va stanina) da qoldiq magnetizm F
bo‘lishi shart. Mashinada bunday qoldiq magnetizm dastlab zavodning o‘zida tashqi tok manbai yordamida vujudga keltiriladi. Qoldiq magnetizm F Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling