3-mavzu. O‘zgarmas tok elektr mashinalari. Asinxron va sinxron mashinalar. Reja
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu
U=f(I
ya ), R ya =const, n=const. Parallel uyg‘otishli generatorlarning tashqi xarakteristikasini olishda uyg‘otish zanjirining qarshiligi Ru=const bo‘ladi. Yuklama toki I ortganda yakordagi tok I
ham ortadi. Bu esa yakordagi kuchlanish pasayishi (I ya R ya ) hamda yakor reaksiyasi tufayli yakor qismalaridagi kuchlanishning pasayishiga sabab bo‘ladi. Demak,uyg‘otish toki
kamayadi. Bu esa mangit oqimi F= Μ
y Iy ω
ning hamda induksiyalanuvchi EYuK E=cFn va yakor qismalaridagi kuchlanish
ning kamayishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, paralel uyg‘otishli generator kuchlanishining pasayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar quydagilardan iborat: 1. Kuchlanish Iya Rya ning yakor qarshiligida pasayishi. 2. Yakor reaksiyasi. 3. Uyg‘otish tokining kamayishi. Paralel uyg‘otishli generatorda nisbiy kuchlanishning pasayuvi: %. 100
. % 0 HOM HOM U U U U − = ∆
O‘rtacha quvvatli qo‘shimcha qutbli mashinalarda ∆ U% = 8
÷15 bo‘ladi. Xarakteristikadan ko‘rinishicha, parallel uyg‘otishli generatorni faqat aniq bir chegaraga (I tax
gacha) yuklash mumkin. Ushbu tok kritik tok deb ataladi. Tokni bu darajaga kuchaytirish mumkin emasligining sababi shuki, tok orta borsa, kuchlanish pasayishining yuklama toki I ni kamaytirish ta’siri tashqi qarshilik R ta’siriga qaraganda ko‘p roq bo‘ladi; tashqi qarshilikning kamayishi yuklama toki I ni kuchaytiradi:
. R U Uo R U ∆ − = = Ι Tashqi qarshilik nolga teng bo‘lganida I toki qisqa tutashuv toki I q.t. bo‘ladi. Xarakteristikada ko‘rinishicha, qisqa tutashuv toki uncha ko‘p emas. Bu tokni qoldiq magnetizm oqimi induktivlagan EYuK hosil qiladi.
Rostlash xarakteristikasi generator qismlaridagi kuchlanish va yakorning aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lganida uyg‘otish tokining yuklama toki bilan qanday bog‘langanligini ko‘rsatuvchi egri chiziqdir: Ug=const va n=const bo‘lganda Iy=f(Iya). Elektr energiyasi iste’molchilari (elektr dvigatellari, lampalar va b.) ning yaxshi ishlashi uchun manbadan olinadigan kuchlanish yuklama o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmay nominal qiymatga teng bo‘lishi kerak. Shuntli generatorlarda yuklama o‘zgarishi bilan kuchlanishni miqdor jihatdan bir xil saqlash imkoniyati bor. Buning uchun uyg‘otish zanjiridagi rostlash reostati yordamida uyg‘otish toki Iu, shuningdek, magnit oqimi F va EYuK Ye o‘zgartirilib, kuchlanishni U=const tarzida ushlab turiladi. Barcha generatorlar kuchlanish rostlagichi bilan jihozlanadi. Demak, rostlash xarakteristikasi turli yuklamalarda generatorlarning qismalaridagi kuchlanishni bir hil (o‘zgarmas) qilib ushlab turish uchun uyg‘otish tokini qancha o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi. O‘zgarmas tok generatori sanoat qurilmalarining (elektroliz va galvanik qurilmalari) past kuchlanishli o‘zgarmas tok iste’mol qiladigan manbalari hisoblanadi. Undan sinxron generatorning uyg‘otgichi sifatida ham foydalaniladi. Ayniqsa, maxsus o‘zgarmas tok generatorlari (payvandlashda, poezdlarni yoritish uchun ishlatiladigan generatorlar, o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari, akkumulyatorlarni zaryadlash uchun generatorlar) keng tarqalgan. Ketma-ket uyg‘otishli generator
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling