3-mavzu. O‘zgarmas tok elektr mashinalari. Asinxron va sinxron mashinalar. Reja


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana19.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#181575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu

q.m

  yakor chulg‘amlarida biroz  bo‘lsa ham EYuK 

Ye

q.m

  ni induksiyalaydi. Shu EYuK uyg‘otish chulg‘amlarida I



u.q.m

  tokini hosil 

qiladi 

I

u.q.m



=

,

.



.

Ρ

Υ



Μ

Κ

Ρ



Υ

Κ

+



=

+

+



Μ

R

R

E

R

R

R

E

R

 



 bunda yakorning qarshiligi e’tiborga olinmaydi, chunki u uyg‘otish chulg‘amining 

qarshiligiga qaraganda ancha kichik bo‘ladi. I

u.q.m.

 uyg‘otish toki magnit maydonini 



hosil  qiladi.  Ushbu magnit   maydoni tomon yo‘nalanadi. Agar ular bir tomonga 

yo‘nalmasa, generator o‘z-o‘zidan uyg‘onmaydi  va ishlay olmaydi. Bunday 

generator yakorini teskari yoki uyg‘otish zanjiridagi tokning yo‘nalishi 

 

o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun uyg‘otish zanjirining yakor 



chulg‘amlariga ulangan uchlarini almashtirish kerak. 

     


Uyg‘otish tokini hosil qiluvchi magnit maydonni qoldiq magnetizmning 

magnit maydoni tomon yo‘nalgan bo‘lsa, jami magnit maydoni va 

induksiyalanuvchi EYuK osha boradi. Bu jarayon uyg‘otish zanjiridagi kuchlanish 

induksiyalanuvchi EYuK ni muvozanatlagunga qadar davom etadi.. Ammo, 

magnit to‘yinishi tufayli kuchlanishning o‘sish jarayoni cheklangan bo‘ladi. 

       Elektr mashinalarining xossalarini ularning xarakteristikalari yordamida oson 

tushunish mumkin. Bu xarakteristikalar mashinaga oid barcha kattaliklar 

o‘zgarmay turib, faqat  ikki asosiy parametr o‘zgarganda ular orasidagi 

bog‘lanishni  ifoda etuvchi egri chiziqdan iborat. Amalda generator uchun 

yakorning aylanishlar chastotasi o‘zgarmas, yakor uchidagi kuchlanish, yakor toki 

va uyg‘otish toki esa o‘zgaruvchan kattaliklar hisoblanadi. Parallel uyg‘otishli 

o‘zgarmas tok generatorini tekshirganda uning uchta asosiy xarakteristikasi 

olinadi. 

1. 


Salt ishlash xarakteristikasi. Ushbu xarakteristika yakor qismalaridagi 

kuchlanishning (yakorning tashqi zanjiri ochiq bo‘lganda) uyg‘otish tokiga qanday 

bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda,  I

ya

=  0 va p  =  const  bo‘ladi. Salt ishlash 

xarakteristikasining analitik ifodasi 



U=f(I

Y

); I

R

=0;  p=const. 

      I

R

=0  bo‘lganda  U=E  bo‘ladi, binobarin E=f(I

y

) bo‘ladi. p=const 

bo‘lganligi uchun E=cnF  formulasini Ye=KF  ko‘rinishda, Ye=f(I

Y

)  analitik 

ifodani 


F=f(I

Y

ω

Y



) yoki V=f(H

ko‘rinishda  yozish mumkin. Bu esa magnitlanish xarakteristikasining analitik 

ifodasidir.  

Shunday qilib, salt ishlash xarakteristika-sining egri chizig‘i mashina magnit 

xossalari bilan belgilanadi.  Uyg‘otish toki ko‘payganida EYuK ortadi. EYuK 

maksimal qiymatga erishgandan so‘ng uyg‘otish toki asta sekin kamaytira borilsa, 

uyg‘otish tokining avvalgi qiymatlariga to‘g‘ri kelganda hosil bo‘ladigan EYuK 

avvalgidan ortiqroq bo‘ladi. Mashina  qutb  va korpuslaridagi qoldiq magnetizm 

shunga sabab bo‘ladi. 

     Odatda, nazariy salt ishlash xarakteristikasi ishlatiladi. Bu xarakteristika 

haqiqiy xarakteristikaning yuqori va pastki tarmoqlari o‘rtasidan o'tgan egri 

chiziqdir. 

     Salt ishlash xarakteristikasi uch qismdan iborat. Birinchi 

qism 


xarakteristikaning to‘g‘ri chiziqli boshlang‘ich qismidir. Bu qismda mashina hali 

magnit jihatdan to‘yinmagan bo‘lib, magnit induksiyasi ancha kam bo‘ladi. 

Ikkinchi qism xarakteristikaning egri chiziqli qismi bo‘lib, “tirsak” deb ataladi. Bu 

qismda mashina magnit to‘yinish arafasida bo‘ladi. Uchinchi qism 




xarakteristikaning yotiq va to‘g‘ri chiziqli qismlari bo‘lib, bunda mashina 

to‘yingan, ya’ni uyg‘otish tokining ortishi yangi magnit kuch chiziqlarini hosil 

qilmaydi. 

      Nominal kuchlanishning ish qismi, albatta, xarakteristikaning egri chiziqli 

(tirsak) qismida bo‘lishi kerak, chunki bu holda kuchlanishini rostlash qulayroq. 

      

Tashqi xarakteristika. Uyg‘otish zanjirining qarshiligi va aylanish tezligi 

o‘zgarmas bo‘lganida generator yakori qismalaridagi kuchlanishning yuklama toki 

bilan qanday bog‘langanligini ko‘rsatuvchi egri chiziq tashqi xarakteristika 

bo‘ladi: 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling