3-mavzu. O‘zgarmas tok elektr mashinalari. Asinxron va sinxron mashinalar. Reja


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana19.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#181575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu

        Ketma-ket uyg‘otishli generatorda magnit oqimi hosil qilish uchun yuklama 

tokidan foydalanish mumkin, buning uchun generatorning uyg‘otish chulg‘ami 

yakor bilan o‘zaro ketma-ket ulanadi. Bunday generatorda yakor toki bilan 

uyg‘otish toki qiymat jihatdan nagruza tokiga teng bo‘ladi, 

ya’ni;             

Iya=Iy=I

       Demak, generatorni faqat yuklama bo‘lgan holdagina uyg‘otish mumkin. 

Shuning uchun bunday generatorlarning salt ishlash xarakteristikasini olib 

bo‘lmaydi. Generatorda yuklama bo‘lmaganda Iy=I=0  bo‘ladi, generator 

qismlaridagi kuchlanish faqat qoldiq  magnetizm hisobiga hosil bo‘ladi. Agar 

generatorning salt ishlash xarakteristikasini olish talab etilsa, uning uyg‘otish 

chulg‘amiga tashqaridan (alohida manbadan) tok yuboriladi. 

       Generator qismlaridagi kuchlanish yakorda induksiyalangan EYuK dan yakor 

va uyg‘otish chulg‘amlaridan kuchlanishning pasayishi miqdoricha kichik bo‘ladi: 

U=E-I

ya

(R

ya

+R

y

) 

bunda  

E=cFp; 

F=

.

M



R

Υ

Υ



Ι

ω

 




Kuchlanishning yuklamaga qarab o‘zgarishi ferromagnit materiallarning 

magnitlanish qonuniga yaqin bo‘ladi, chunki magnit oqimi F ning uyg‘otish toki Iy 

ga qarab o‘zgarishi magnitlanish xarakteristikasi B=f(H) dan iborat. 

      Yuklama toki ortishi bilan magnit oqim ko‘payadi, kuchlanish ortadi. Ammo 

tok katta bo‘lsa, to‘yinish hodisasi  tufayli magnit oqimi deyarli ko‘p aymaydi. 

Yakor va uyg‘otish chulg‘amlari kuchlanishninig pasayishi ortadi, shuningdek, 

yakor reaksiyasi ham kuchayadi. Natijada mashina qismlaridagi kuchlanish pasaya 

boshlaydi. 

     Elektr energiyasining odatdagi iste’molchilari uchun bunday xarakteristika 

to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular kuchlanishning o‘zgarmas bo‘lishini talab etadi. 

Shuning uchun o‘zgarmas tok olishda bunday generator ishlatilmaydi. U faqat 

maxsus sxemalarda volt  qo‘shuvchi mashinalar tarzida qo‘l laniladi. 

    Ketma-ket uyg‘otishli generatorlar uchun rostlash xarakteristikasi olinmaydi. 

Aralash uyg‘otishli generator. Aralash uyg‘otishli generatorda ikkita 

uyg‘otuvchi chulg‘am bo‘lib, ularning asosiy chulg‘am deb atalgani yakorga 

parallel, yordamchi chulg‘am deb atalgan ikkinchisi esa tashqi zanjirga ketma-ket 

ulanadi. Chulg‘amlar moslab ulanganda ketma-ket ulangan yordamchi chulg‘am 

asosiy chulg‘amning magnit maydonini kuchaytiradi, ya’ni ularning magnit 

maydonlari o‘zaro qo‘shiladi (F=Fsh+Fs).  Chulg‘amlar qarama-qarshi ulanganda 

ketma-ket ulangan yordamchi chulg‘am asosiy chulg‘amning magnit maydonini 

susaytiradi, ya’ni ularning magnit maydonlari bir-biridan ayriladi (F=Fsh-Fs). 

Odatdagi sharoitda o‘zgarmas tok olish uchun  chulg‘amlar moslab ulanadi. 

Chulg‘amlarni qarama-qarshi ulash juda kam ishlatiladi, masalan, elektr 

payvandlash mashinalarida qo‘l laniladi. 

      

Endi aralash uyg‘otishli generatorlarning asosiy xarakteristika-larini  qarab 



chiqamiz. 

     Salt ishlash xarakteristikasi. Yuklama bo‘lmaganda ketma-ket ulangan 

chulg‘amdan tok O'TMaydi va u parallel uyg‘otishli mashinadan farq qilmaydi. 

Binobarin, mazkur hol uchun bu mashinalarning salt ishlash xarakteristikasi 

parallel uyg‘otishli mashinalar xarakteristikalarining aynan o‘zidir. 

      Tashqi xarakteristika    parallel uyg‘otish zanjirining qarshiligi va yakorning 

aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lganida generator qismlaridagi kuchlanishning 

yuklama tokiga qanday bog‘lanishini ko‘rsatuvchi egri chiziqdir: 

                    U=f(I);   Rpar.u  =const;  n=const. 

Yuklama tokini ko‘p aytirganda yakor toki ortadi, bunda yakor zanjiridagi 

kuchlanish ko‘p roq pasayadi, u  

кк

у

я

я

IR

R

I

+

 



ga    teng bo‘ladi. Shuningdek, EYuK ni kamaytiruvchi yakor reaksiyasining 

magnitsizlanish ta’siri ko‘rayadi. Bu esa generator qismlaridagi kuchlanishni 

kamaytiradi: 

.

у



я

я

IR

R

I

E

U



=

 

Ammo shu bilan birga teng ta’sir etuvchi magnit oqimi ko‘p ayadi, chunki 



ketma-ket uyg‘otish chulg‘amidan o'tgan yuklama toki qo‘shimcha magnit 

yurituvchi kuch hosil qiladi. Bu esa generator qismlaridagi kuchlanishni ko‘rsatadi. 




Ketma-ket ulangan chulg‘amning o‘ramlar soniga qarab kuchlanish qo‘proq yoki 

ozroq ko‘tariladi. Odatda, o‘ramlar soni kuchlanish deyarli o‘zgarmaydigan qilib 

hisoblanadi.  Bu ketma-ket uyg‘otish chulg‘ami hosil qilgan qo‘shimcha magnit 

yurituvchi kuch yakor zanjiridagi kuchlanishning pasayishi va yakor 

reaksiyasining magnitsizlanish ta’sirini kompensatsiya qilganida bajariladi. 

      Mashinaning magnit to‘yinishi tufayli bunday kompensatsiya to‘la bo‘lmaydi. 

Ammo yuklama o‘zgarganda aralash uyg‘otishli generator qismlaridagi 

kuchlanishning o‘zgarishi  parallel uyg‘otishli generatordagidan ancha oz bo‘ladi. 

Uyg‘otish chulg‘amlar qarama-qarshi ulanganda yuklama o‘zgarishi bilan 

generator qismlaridagi kuchlanish juda tez pasayadi, chunki ketma-ket 

chulg‘amdan o'tgan tok magnit maydonni kuchsizlantiradi. Generator tez-tez qisqa 

tutashuv sharoitiga duch kelganda shunday xarakteristika zarurdir. 

      Rostlash xarakteristikasi. Generator qismlaridagi kuchlanishni 

o‘zgarmaydigan qilib saqlash uchun parallel uyg‘otishli generatordagi EYuK ni 

o‘zgartirish lozim. Bu parallel uyg‘otish chulg‘amidagi tokni o‘zgartish yo‘li bilan 

bajariladi. Kuchlanish o‘zgarmay turishi uchun uyg‘otish tokini qanday 

o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatuvchi egri chiziq rostlash xarakteristikasi deb 

ataladi: 



U=const;       n=const;     Iy=f(I). 

       Yuklama o‘zgarganda parallel uyg‘otishli generatordagiga qaraganda aralash 

uyg‘otishli generatorda kuchlanish kamroq pasayganligi uchun aralash uyg‘otishli 

generatorlarda uyg‘otish toki kamroq o‘zgartiriladi. 

 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling