4- ma’ruza elektr termik jarayonlar va qurilmalar Reja
Download 272.2 Kb. Pdf ko'rish
|
4- MA’RUZA
Rolgang tipidagi pech tubida yuqori haroratga bardosh beradigan roliklar o„rnatilgan bo„lib, ular soat strelkasining aylanishiga teskari yo„nalishda aylantiriladi. Ma‟sulot esa ushbu roliklar ustidagi harakati davomida belgilangan haroratgacha qizdiriladi. Tortib qizdirish pechlarida lenta ko„rinishdagi va to„plarga mujassamlashtirilgan o„tkazgichlar (simlar) bir barabandan ikkinchi barabanga pech kamerasi orqali tortib qizdirilishi natijasida issiqlik ishlovi beriladi. Umuman uzluksiz rejimida issiqlik ishlovi beruvchi EQP lar o„zlarining yuqori ishlab chiqaruvchanligi bilan, issiqlik energiyasining nisbatan kam yo„qotilishi bilan xarakterlanadilar. Bilvosita issiqlik ishlovi berish EQP lari umumiy holda quyidagi parametrlarga ega: - pechlar quvvati 170 kVt dan 2 - 3 mVt gacha; - ishchi harorati 1150 - 2500 S gacha; - q.e. dagi kuchlanish 11 V dan 220 V gacha (bir elementga); - massasi 9 tonnadan 195 tonnagacha; Masalan: SLV - 16 markali tunnel tipidagi pech uchun: - quvvati - 2000 kVt; - bir elementdagi kuchlanish - 30 - 60 V ; - maksimal ishchi harorat - 1455 S ; - gabarit kattaliklari - (44000 x 11800x 7200) mm ; - massasi - 195 tonna Pech 3 ta ishchi zonaga ega bo„lib, 2 qizdirish va 1 ta sovutish kamerasiga ega. Nazorat savollari 1. Elektrotermiya– tushunchasi qanday manoni anglatadi? 2. TEN ning umumiy tuzilishi nimalardan iborat? 3. Haroratiga qarab qizdiruvchi elementlar necha turga bo„linadi? 4. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga ko„ra EQP lar necha toifaga bo„linadi? Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling