4- ma’ruza elektr termik jarayonlar va qurilmalar Reja
Induksion usulda issiqlik ishlovchi berish
Download 272.2 Kb. Pdf ko'rish
|
4- MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Elektrotermik qurilmalarida issiqlik uzatish usullari
Induksion usulda issiqlik ishlovchi berish qizdirilayotgan materialda uyurma toklar hosil qilish oqibatida elektromagnit maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga va Djoul - Lens qonuni asosida issiqlik ajralib chiqishiga asoslanadi. Dielektrik usulda issiqlik ishlovi berish yuqori chastotadagi elektr maydoniga kiritilgan tok o„tkazmaydigan yoki yarim o„tkazgich metallarda polyarizatsiya natijasida hosil bo„luvchi siljish toklari vujudga kelishiga asoslangan. Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida materiallarga elektrodlar orasida hosil qilingan issiqlik energiyasi hisobiga tegishli issiqlik ishlovi (yoy yordamida metallarni kesish, ulash, eritish va hokazo) beriladi. Elektron va ionli -nurli kizdirish usuli elektr maydoni ta‟sirida tezlanish olgan va tez harakatlanayotgan elektronlar va ionlar o„zaro to„qnashishlari natijasida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan. Plazmali qizdirish usuli yoy razryadi muxitidan yoki yuqori chastotali elektromagnit yoxud elektr maydonidan gazni o„tkazish oqibatida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan. Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish lazerlarda ya‟ni optik kvant generatorlarida xosil qilingan yuqori konsentratsiyadagi yorulik energiyasi oqimlarini qizdiruvchi yuzalar tomonidan o„zlashtirilishiga asoslangan. 2. Elektrotermik qurilmalarida issiqlik uzatish usullari Elektrotermik qurilmalarda issiqlik almashuvi mavjud bo„lgan barcha usullarda, ya‟ni, issiqlik o„tkazuvchanlik, konveksiya va nurli issiqlik almashuvi usullarida amalga oshiriladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli - qattiq jism ichida yoki harakatda bo„lmagan suyuqlikda (gazda) amalga oshiriladigan issiqlik almashuvi usuli bo„lib, bunda molekulalar - kinetik nazariyaga ko„ra jismlar zarrachalarining (molekula, atom, elektron) issiqlik ta‟siridagi harakati va o„zaro ta‟sir-lashuvi oqibatida jismning nisbatan yuqori haroratga ega qismidan kamroq qizigan qismiga qarab uzatish ko„rinishda namoyon bo„ladi. Fure gipotezasiga ko„ra uzatilayotgan issiqlik energiyasi miqdori: dF d n t q (3.1) bilan aniqlanadi. Bu erda: - jism yoki moddaning issiqlik o„tkazish xususiyatiga bog„liq bo„lgan issiqlik o„tkazuvchanlik koeffitsienti; t n - issiqlik energiyasi yo„nalishi bo„yicha harorat gradienti; d - elementar vaqt; dF 67n- issiqlik oqimiga perpendikulyar bo„lgan elementar yuza. Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling