4- ma’ruza elektr termik jarayonlar va qurilmalar Reja


- rasm. TEN ning umumiy tuzilishi


Download 272.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi272.2 Kb.
#1498475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- MA’RUZA

3.1- rasm. TEN ning umumiy tuzilishi 
3.1 - rasmda TEN ning tuzilishi ko„rsatilgan bo„lib, ochiq konstruksiyadagi q.e 
ga nisbatan elektr muhitida ishlatilishiga ko„ra xavfsizdir. SHuningdek TEN lar 
suvda, suyuq uglevodorodlar, tuz qorishmalari suyuq metall muhitlarida
ishlatilishlari mumkin. TEN lar quyidagi xarakterstikalarga ega,ya‟ni, quvvati 100 
Vt dan 15 Kvt gacha, kuchlanishi 36 V dan 380 V gacha, ishchi harorati 400 dan 
1000 K gacha, ishlash muddati 10 ming soatdan 40 ming soatgacha. 
Suyuqliq va gazlarni qizdirishda ovaklik darajasi 40 - 80 mkm bo„lgan ovak 
metallokeramik metallardan yasalgan q .e lar ishlatiladi. Ularning solishtirma 
issiqlik quvvati 1 Kvt / sm
2
, ishchi harorati 400
- 600 K, bir elementdagi 
kuchlanish 1 - 12 V ga tengdir. 
Ishchi harorati 1700 K bo„lgan yuqori haroratdagi issiqlik ishlovi berish 
uchun korborunddan yasalgan q.e lar ishlatiladi. (korborund 1900- 2000K
haroratda ko„mir va kremniy karbidini qorishtirish yo„li bilan olinadi). Bunday q. e 
lar diametri 6 - 30 mm bo„lgan sterjen shaklida yasaladi.
Harorati 2000K bo„lgan oksidlovchi muhitlarda molibden disilitsididan
( MoSi

) yasalgan q.e lar ishlatiladi.
Ishchi harorati 2300 K va undan yuqori bo„lgan sharoitda qiyin eruvchan 
metallar ( tantal, volfram, molibden va b.), ko„mir va grafitdan yasalgan q.e lar 
ishlatiladi. 
Elektr isitish va elektr qizdirish qurilmalar 
Bunday qurilmalar toifasiga elektrokaloriferlar, radiatsion qizdirgichlar, 
elektr quritgichlar, elektr isitish qurilmalari, shuningdek, trubalarni, beton va er 
satxini qizdirish qurilmalari kiradi. Qurilmalar sinfining ko„pligi ular tomondan 
bajariladigan texnologik jarayonlarning turli - tumanligidan dalolat beradi.
Elektrokalorifer - q.e. va ventilyatordan iborat bo„lgan qizdirish 
qurilmasidir. Asosiy parametrlari - quvvati 10 - 60 kVt; solishtirma yuza quvvati 
- 1 - 10 Vt/sm
2
; Kuchlanishi - 127, 220, 380 V; ishchi harorati 100 - 500 
o
S ; havo 
tezligi 5 - 20 m/sek. 


Ishchi harorati 500 K bo„lgan elektrokaloriferlarda izolyatorlarga osib 
qo„yilishi mo„ljallangan spiralsimon q.e lar qo„llaniladi. 400 K gacha xavo 
muhitini qizdirish uchun mo„ljallangan elektrokaloriferlarda TEN lar qo„llaniladi. 
1200 K va undan yuqori darajada „avoni qizdirishida, qizdiruvchi elementi metall 
trubadan yasalgan elektrokaloriferlar qo„llaniladi. 
Radiatsion qizdirgichlar sanoat va qishloq xo„jaligining turli sohalarida 
ishlatiladi. Ular toifasiga och rangli lampali nurlatgichlar, och rangli kvars 
nurlatgichlari va to„q rangli nurlatgichlar kiradi.
Elektr quritgichlar - radiatsion va aralash usullarda ishlash prinsipiga ega. 
Bu o„ziga xos kamera bo„lib, undagi „avo muhiti kalorifer, TEN va turli ochiq 
konstruksiyadagi q.e.lar yordamida qizdiriladi. Issiqlik effektivligini oshirish 
uchun quritgich paneli ko„zguli qilib yasaladi. Ishlab chiqaruvchanlikni oshirish 
uchun uzluksiz ishlovchi quritgichlardan foydalaniladi.

Download 272.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling