3.2 – rasm. Davriy rejim EQP larning tuzilishi
“Qolpoq“ tipidagi pech - futerovkalangan (yuqori haroratga chidamli) va
qo„zalmas stendga qizdiriluvchi maxsulot o„rnatilgan bo„lib, ustidan avval o„tga
chidamli mufel o„rnatilib, so„ngra ma‟sulotni qizdirish uchun mo„ljallangan q.e.
bilan ta‟minlangan “qolpoq“ o„rnatiladi. Q.e. lar qolpoqning ichki yon devorlariga
o„rnatilgan. Q.e. lar elektr energiyasi manbasiga egiluvchan kabel va shtepsel
ajratgichlari yordamida ulanadi. Ma‟sulot va “qolpoq” ko„tarish kranlari
yordamida stendga yuklanadi va tushiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanish
effektivligi va ishlab chiqaruvchanligini oshirish maqsadida 2-3 stenddagi
ma‟sulotga issiqlik ishlovi berish uchun bitta “qolpoq“ dan foydalaniladi (birinchi
stenddagi ma‟sulot qizdirib bo„lingach, “qolpoq“
kran yordamida ikkinchi va
so„ngra uchinchi stendga olib o„rnatiladi, bunda ma‟sulotni sovutish jarayoni mufel
ichida davom ettiriladi va oqibatda bor yo„i mufel va qolpoqda yiilgan va 10 - 15
% ni tashkil qilgan miqdordagi issiqlik energiyasi yo„qolishiga erishiladi). Bunday
EQP larning ishchi harorati 350
o
S dan 1250
o
S gachani tashkil etadi. Misol uchun,
1,5 x 2,0 x 6,0 m kattalikdagi va massasi 100 tonna bo„lgan ma‟sulotni qizdirish
pechining quvvati 570
kVt ni tashkil etsa, bundan 500 kVt “qolpoq” quvvatini 70
kVt stend quvvatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: