4- ma’ruza elektr termik jarayonlar va qurilmalar Reja
Download 272.2 Kb. Pdf ko'rish
|
4- MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamerali pechlar
- Uzluksiz rejimda ishlovi EQP lar
Elevator tipidagi pech tubi ochiq qo„zalmas kamera va pastga tushiriladigan qismga (tubga) ega. Kamera silindr yoki to„rtburchak shaklga ega bo„lib, 3-4 m balandlikga ega bo„lgan ustunlarga o„rnatilgan. Pechning tubi gidravlik yoki elektromexanik ko„tarish qurilmasi yordamida tushiriladi va yangi ma‟sulot yuklangach, kameragacha ko„tariladi. Pechning ishchi harorati 700, 1000, 1250 o S ni tashkil qiladi, quvvati 600 kVt ni tashkil etadi va o„nlab tonna ma‟sulotga bir vaqtning o„zida issiqlik ishlovi beradi. Kamerali pechlar ma‟sulotni yuklab, tushirish eshikchasi yon tomondan bo„lgan turi burchakli kameradan tashkil topgan bo„lib, ma‟sulot asosan qo„lda yuklab tushiriladi. Kamera tubi yuqori haroratga chidamli plita bo„lib, unga q.e.lar o„rnatilgan. Ishchi harorati 1000 - 1800 K, foydali ish koeffitsienti 65 - 70 % ga teng. SHaxta tipidagi pech - quvvati 300 - 400 kVt, ishchi harorati 1500 o S ga teng bo„lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki ko„tarish krani yordamida ochiladigan qopqoqqa ega bo„lgan va ishchi kamerasi er tubiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi. Uzluksiz rejimda ishlovi EQP lar Quyida 3.3 - rasmda misol tariqasida uzluksiz rejimda ishlovchi EQP lar namunalarining ko„rinishi tasvirlangan: 3.3 – rasm. Uzluksiz rejimda ishlovchi EQPlar a - tunnel tipidagi pech ; b-rolgang tipidagi pech; v - tortib qizdirish pechi; Tunnel tipidagi pechlarda ma‟sulot futerovkalangan aravaga yuklangan holda pechning bir tomonidan kiritilib, belgilangan haroratgacha qizdirilgach tashqariga uzatiladi. Ma‟lum vaqtda barcha aravalar bir arava uzunligiga teng masofaga suriladi, bunda pechning bir tomonidan ma‟sulot yuklangan arava kirsa, ikkinchi tomondan qizdirilgan ma‟sulot yuklangan bir arava tashqariga uzatiladi. Bunday pechlarning ishchi harorati 1300 - 1500 K ga teng. Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling