Soliqlar xaddan tashqari oshib ketishidan norozi bo`lgan o`shliklar qo`zg`olon ko`taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo`lgan Musulmonqul Qo`qondagi mavjud qo`shin bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostirmoqchi bo`ladi. Uning yo`qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib mahrum Qo`qon xoni Olimxonning o`g`li Murodxonni Qo`qonga olib kelib taxtga o`tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o`tirgandan so`ng qipchoqlarga qarshi bo`lganlar shubhasiz Murodxonni qo`llab quvvatlashlari lozim edi. Musulmonqul esa qo`shinlar bilan kelib Qo`qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi. Soliqlar xaddan tashqari oshib ketishidan norozi bo`lgan o`shliklar qo`zg`olon ko`taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo`lgan Musulmonqul Qo`qondagi mavjud qo`shin bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostirmoqchi bo`ladi. Uning yo`qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib mahrum Qo`qon xoni Olimxonning o`g`li Murodxonni Qo`qonga olib kelib taxtga o`tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o`tirgandan so`ng qipchoqlarga qarshi bo`lganlar shubhasiz Murodxonni qo`llab quvvatlashlari lozim edi. Musulmonqul esa qo`shinlar bilan kelib Qo`qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi. Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani O`shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo`naydi. Ammo, Musulmonqulning rejasini bilmagan Shaxrixon hokimi o`zining qo`shinlari bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O`shga kelib yana ko`plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo`qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tushunib Murodxonni o`zi taxtga o`tkazdiradi va uni ko`pchilik oldida tabriklaydi. Ko`plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug`i bilan kechasi Sheralixon o`ldiriladi. So`ngra Musulmonqul o`z lavozimida qolganligi haqida farmon chiqarilib O`shga yuboriladi. Musulmonqul "mamnunlik" bilan farmonni qabul qiladi va Qo`qon tomonga qarab salom beradi. Qo`shinlari bilan Namanganga kelib o`zining 12 yashar qizini Sheralixonning o`g`li Xudoyorga nikox qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi. Shunday qilib Musulmonqul Sheralixondan va o`zining raqiblarining ko`pchiligidan qutiladi. Yosh Xudoyorni Qo`qon xoni deb e`lon qiladi. Xon yosh bo`lganligi tufayli xonlikningni boshqarishni o`z qo`liga oladi. Xonlikningda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |