4-mavzu. Qo’qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti Reja


Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani O`shga


Download 1.22 Mb.
bet7/23
Sana10.11.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1761520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
slayd

Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani O`shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo`naydi. Ammo, Musulmonqulning rejasini bilmagan Shaxrixon hokimi o`zining qo`shinlari bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O`shga kelib yana ko`plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo`qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tushunib Murodxonni o`zi taxtga o`tkazdiradi va uni ko`pchilik oldida tabriklaydi. Ko`plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug`i bilan kechasi Sheralixon o`ldiriladi. So`ngra Musulmonqul o`z lavozimida qolganligi haqida farmon chiqarilib O`shga yuboriladi. Musulmonqul "mamnunlik" bilan farmonni qabul qiladi va Qo`qon tomonga qarab salom beradi. Qo`shinlari bilan Namanganga kelib o`zining 12 yashar qizini Sheralixonning o`g`li Xudoyorga nikox qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi. Shunday qilib Musulmonqul Sheralixondan va o`zining raqiblarining ko`pchiligidan qutiladi. Yosh Xudoyorni Qo`qon xoni deb e`lon qiladi. Xon yosh bo`lganligi tufayli xonlikningni boshqarishni o`z qo`liga oladi. Xonlikningda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi.


Qipchoqlarga, ayniqsa Musulmonqulga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Vaziyatni yumshatish uchun qipchoqlarning boshliqlari Musulmonqulni mingboshilik lavozimidan bo`shatadilar.
Shu davrda Rossiya qo`shinlari Qo`qon xonligining shimolida joylashgan Oq-Machit qal`asini bosib olgan edilar. Musulmonqul rus qo`mondonining rasmiy vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Musulmonqulning raqiblari bundan xabardor bo`lib, u fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko`rishda gumonsiralib, ulg`ayib qolgan Xudoyorxon bilan kelishilgan holda 1853 yili qipchoqlar qirg`inini uyushtirishadi. Natijada 20 ming qipchoq qirib yuboriladi, Musulmonqul dorga osiladi.
Ana shu davrdan e`tiboran Xudoyorxon o`zi mustaqil davlatni boshqara boshladi. Uning davrida zulm-zo`ravonliq kuchayadi. Xudoyorxon Qo`qon taxtiga oraliq tanaffus bilan uch marta o`tiradi. Birinchi marta 1845 yildan 1858 yilgacha bo`lib, 1853 yilgacha taxtni asosan Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esa uning qo`lida qo`g`irchoq edi. Biroq Xudoyorxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. Xalq ommasining noroziligidan foydalangan Xudoyorxonning akasi Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko`taradi va 1858 yilda Qo`qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, qirg`izlar qo`llab-quvvatladilar va yana hokimiyat tepasiga keladilar.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling