4-mavzu. Qo’qon xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti Reja


Mallaxon o`z hukmronligi davrida(1858-1862) Qorateginni


Download 1.22 Mb.
bet8/23
Sana10.11.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1761520
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
slayd

Mallaxon o`z hukmronligi davrida(1858-1862) Qorateginni o`ziga tobe qilib oladi. Bu davrda Buxoro amiri Qo`qon xonligining Xo`jandgacha bo`lgan hududlarini egallab olgan edi. Endi u Qo`qondagi ichki o`zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo`lga kirish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligida qo`shin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og`ir ekanligini tushunib Marg`ilon hokimi Qanoatshoh rahbarligida Qoratyeginga qo`shin jo`natadi. Qoratyegin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon tor-mor qilinadi.
1860 yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo`shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so`ng rus qo`shinlari To`qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni taladilar. Mallaxon yana qo`shin to`plab himoya choralarini ko`rishga majbur bo`ladi. Bo`lgan voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma`lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dodhoh va yo`lda unga qo`shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo`qon qo`shinlari yo`lga chiqdilar. Ular Olmaota, To`qmoq va Ashtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo`shinlarining harakatini to`xtatishlari kerak edi. Qo`qon qo`shinlari rus askarlarini o`rab oldilar. Shu paytda qo`shinga qo`mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o`rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekinadi. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal`asini egallaydi. U Olma-ota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko`chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O`zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.1 Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o`rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo`ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg`a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo`shildik degan
Mallaxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. U 1862 yilda uyushtirilgan saroy to`ntarishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo`ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o`g`li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o`tiradi. Bu hodisa Qo`qon xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo`ladi. Toshkent hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo`qon xonligining dushmanlaridan biri, Sangzor qal`asini egallab turgan sobiq O`ratyepa hokimi Abdulg`afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom, Zomin, O`ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez orada amir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo`jandni, so`ngra Qo`qonni egallaydi va 1862-1863 yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg`ona vodiysining sharqiy hududlarida o`zining to`la hukmronligini o`rnata olmadi. Mullo Alimqul boshchiligida qipchoqlar 1863 yilda Xudoyorxon va amir Muzaffar qo`shinlarini Qo`qonni qoldirib Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863 yil iyuldan 1865 yil iyulgacha taxt vorisligini Mallaxonning o`g`li Sulton Saidxon suradi. Bu davrda hokimiyatni amalda Mulla Alimqul boshqaradi. Buning natijasida Qo`qon xonligida qipchoqlarning ta`sir kuchi tag`in ham ortadi. Yuqori martabali lavozimlardan o`zbeklar chetlashtirilib, ularning o`rniga qipchoq va qirg`izlar qo`yiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling