4-mavzu: qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
Hisobvaraq-fakturani to‘ldirish tartibi
Download 181.05 Kb.
|
4-mavzu qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan q-fayllar.org
8. Hisobvaraq-fakturani to‘ldirish tartibi
Hisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo‘natilishi, ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasidan kechiktirmasdan yoziladi. Hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilishi lozim: 1) hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozilgan sanasi; 2) hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan, yuklab jo‘natiladigan tovarlar hujjatlari (shartnomalar) raqami va sanasi; 3) soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili va STIRi, xalq xo‘jaligi tarmoqlari umumdavlat tasnifnomasi (XXTUT) bo‘yicha tarmoq kodi; 4) komissiya shartnomasi asosida yoziladigan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha, hisobvaraq-faktura yuk jo‘natuvchining qo‘shimcha rekvizitlari bilan to‘ldiriladi, bunda ham nomi, manzili va STIRi, xalq xo‘jaligi tarmoqlari umumdavlat tasnifnomasi (XXTUT) bo‘yicha tarmoq kodi ko‘rsatiladi. Jadvalli shaklni to‘ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak: 1-ustunda - tovarlar nomi (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bayoni); 2-ustunda - mazkur tovar bo‘yicha qabul qilingan o‘lchov birligi (dona, kilogramm, metr va shu kabilar) va ishlar, xizmatlar bo‘yicha o‘lchov birligi; 3-ustunda - hisobvaraq bo‘yicha yuklab jo‘natiladigan tovarning miqdori (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi), u yuzasidan qabul qilingan o‘lchov birliklaridan kelib chiqib; 4-ustunda - tovarning shartnoma (kontrakt) bo‘yicha o‘lchov birligida QQSsiz narxi; 5-ustunda - ushbu nomdagi tovar jami sonining QQSsiz qiymati (3-ustun x 4-ustun); - agar hisobvaraq-faktura bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ga yozib beriladigan bo‘lsa, unda bu ishlar (xizmatlar)ning qiymati QQSsiz ko‘rsatiladi va 3 hamda 4-ustunlar to‘ldirilmaydi; - agar korxona aksizlanadigan mahsulot ishlab chiqarsa, hisobvaraq-fakturaga qo‘shimcha ustun kiritiladi, unda aksiz stavkasi va summasi aks ettiriladi; 6-ustunda - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi (20 yoki 0 foiz); agar tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha QQSdan ozod qilish mavjud bo‘lsa, oddiy chiziq tortib qo‘yiladi; 7-ustunda ushbu tovar (ish, xizmat) bo‘yicha tegishli stavkalarga ko‘ra hisoblangan QQS summasi; agar tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha QQSdan ozod qilish mavjud bo‘lsa, oddiy chiziq tortib qo‘yiladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslar 6 va 7-ustunlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini ko‘rsatmaydilar va "Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasisiz" shtampini qo‘yadilar (yoki yozib qo‘yadilar) va 8-ustunni to‘ldirmaydilar. 8-ustunda - tovar (ish, xizmat) har bir turining QQS qo‘shilgan qiymati (yoki soliqdan ozod qilinadigan yoki nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadiganlari bo‘yicha - QQSsiz) ko‘rsatiladi, amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslar 8-ustunni to‘ldirmaydilar. Hisobvaraq-fakturaning yakunlovchi satrida 5, 7 va 8-ustunlar bo‘yicha summalar jamlanadi. Hisobvaraq-faktura rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tovarlar olib chiqishda yukxatlarni hisobvaraq-fakturaga almashtirsa, "ishonchnoma bo‘yicha tovar olish" to‘g‘risida belgi to‘ldiriladi. Bunda, agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar, tovarlarni yetkazib berishga hisobvaraq-fakturalarni yozishdan tashqari, "ishonchnoma bo‘yicha olingani" to‘g‘risida belgi qo‘yilgan yukxatlarni to‘ldirsalar, hisobvaraq-fakturada mazkur belgilar to‘ldirilmaydi. Ularning haqiqatda olinganligi dalolatnomalar, ma'lumotnomalar yoki boshqa shunday hujjatlar bilan tasdiqlanadigan bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha ham mazkur belgilar to‘ldirilmaydi. Agar bitim shartlariga ko‘ra majburiyat xorijiy valyutada ko‘rsatilsa, hisobvaraq-fakturada ko‘rsatiladigan summalar xorijiy valyutada ko‘rsatilib, O‘zbekiston Respublikasi pul birligi - hisobvaraq-faktura yozilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha qayta hisoblangan so‘mlarda aks ettirilishi mumkin. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish ob'ektlarini (tugallanmagan qurilishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda hisobga olinadigan) sotish chog‘ida hisobvaraq-fakturaning jadval shaklini to‘ldirishning xususiyatlari: 1-ustun "Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi"da - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar yoki tugallanmagan qurilish ob'ektlarining nomi ko‘rsatiladi; 2-ustun "O‘lchov birligi"da - o‘lchov birligi ko‘rsatiladi; 3-ustun "Miqdori" - to‘ldirilmaydi; 4-ustun "Narxi"da - asosiy vositalar yoki nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati ko‘rsatiladi. Tugallanmagan qurilish ob'ektlari uchun ularning haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi; 5-ustun "yetkazib berish qiymati"da – soliq qonunchiligiga binoan belgilangan soliq solinadigan aylanma miqdoridan hisoblab chiqilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini unga kiritgan holda sotish narxi ko‘rsatiladi; 6 va 7-ustunlar "QQS"da - soliq stavkasi va soliq qonunchiligiga binoan belgilanganini hisobga olgan holda soliq solinadigan aylanma miqdoridan hisoblab chiqarilgan summa ko‘rsatiladi. Bunda 7-ustun, agar soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solinadigan aylanma mavjud bo‘lsa, to‘ldiriladi. Agar soliq solinadigan aylanma mavjud bo‘lmasa, ya'ni 4-ustun summasi 5-ustunda ko‘rsatilgan summadan katta yoki unga teng bo‘lsa, 7-ustun to‘ldirilmaydi; 8-ustun "yetkazib berishning QQSni hisobga olgan holda qiymati"da - soliq qonunchiligiga binoan belgilangan soliq solinadigan aylanma miqdoridan hisoblab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat summasini unga kiritgan holda sotish narxi ko‘rsatiladi. Bunda 8-ustun, agar 5-ustunda ko‘rsatilgan narx 4-ustunda ko‘rsatilgan summadan katta bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan ishlab chiqarish ob'ektlari tekinga berilganida hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirish yuqorida bayon etilgan tartibga aynan o‘xshash tarzda amalga oshiriladi. Ishlar (qurilish, ta'mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan korxonalar hisobvaraq-faktura yozish chog‘ida belgilangan shaklga muvofiq, ishlar (xizmatlar) ijrochisi hamda buyurtmachi sifatida barcha rekvizitlarni to‘ldirishlari kerak. Yuqorida aytilgan korxonalar tomonidan jadval shakli to‘ldirilganida quyidagilar aks ettirilishi kerak: 1-ustunda: tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi - bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) tavsiflanadi; 2-ustunda - pul ifodasida o‘lchov birligi ko‘rsatiladi; 3-“Miqdori” va 4-“Narxi” ustunlari to‘ldirilmaydi; 5-“yetkazib berish qiymati” ustunida bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz ko‘rsatiladi; 6-ustunda QQS stavkasi ko‘rsatiladi; 7-ustunda QQS summasi ko‘rsatiladi; 8-ustunda bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. Agar ishlar bajarayotgan, xizmatlar ko‘rsatayotgan korxonalar kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tsa, 6 va 7-ustunlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatmaydi hamda “QQSsiz” shtampini qo‘yadi (yoki yozib qo‘yadi) va 8-ustunni to‘ldirmaydi. Agar ishlar bajarayotgan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etilgan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma'lumotnoma-hisobvaraq-fakturada hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar (ushbu hujjatni yozishga asos bo‘lgan shartnomaning ro‘yxat raqami va sanasi, nomlanishlar, manzillar, STIR, XXTUT bo‘yicha tarmoq kodi) mavjud bo‘lsa, QQS stavkasi va summasi alohida ajratilgan, QQS to‘lamaydiganlar bo‘yicha “QQSsiz” belgisi qayd etilgan bo‘lsa, bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi kerak. Bunda “bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma'lumotnoma - hisobvaraq-faktura” hisobvaraq-faktura bo‘lib hisoblanadi. Download 181.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling