4-mavzu: qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 181.05 Kb.
|
4-mavzu qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan q-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Aksiz solig‘ini to‘lovchilar
Nazorat va muhokama uchun savollar
Davlat byudjetini daromadlarini shakllantirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan to‘ldirish g‘oyasi qachon vujudga kelgan? Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qaerda va kim tomonidan qanday nom bilan joriy etilgan? Bu soliq turi ilk bor qo‘shilgan qiymat solig‘i nomi bilan kim tomonidan qachon taklif qilingan? Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qachon va qaysi mamlakat soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan? O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i qachon joriy etilgan? Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi davlatlarida qachondan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgan? Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kimlar hisoblanadi? Qo‘shilgan qiymat solig‘i nimani ifodalaydi? Qo‘shilgan qiymat solig‘i solish ob'ektiga nimalar kiradi? Soliq solinadigan aylanma qanday aniqlanadi? 1. Aksiz solig‘ini to‘lovchilar Aksizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor bosh-qaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida korxonalar ham tushuniladi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat'i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aksiz solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, istalgan manfaatdor shaxs to‘lovchi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqlidir. Aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga kiritiladigan (olinadigan), narxda va qo‘shilgan qiymat solig‘i solish bazasida hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. Aksiz solig‘i stavkalari va aksizlanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yetkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra ro‘yxatlar va stavkalar bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bojxona xizmatlari tomonidan so‘mlarda undiriladi va har 5 kunda respublika byudjetiga kirim qilinadi. Olib kiriladigan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘ining hisobi va uning byudjetga kelib tushishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmatining hududiy boshqarmalari amalga oshiradi. Download 181.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling