4-mavzu: qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar


Aksiz solig‘ining soliq solish ob'ekti


Download 181.05 Kb.
bet14/18
Sana11.10.2023
Hajmi181.05 Kb.
#1697528
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4-mavzu qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan q-fayllar.org

2. Aksiz solig‘ining soliq solish ob'ekti
Aksizlanadigan tovarlar uchun soliq solish ob'ekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- aksiz solig‘ining qat'iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, bo‘yicha - sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;
- boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmasdan, yuklab jo‘natilgan tovarning shartnomaviy narxlar bo‘yicha qiymati (o‘z ichiga aksiz solig‘i summasini oladi).
Tekinga beriladigan aksizlanadigan mahsulot bo‘yicha quyidagilar soliq solish ob'ekti bo‘lib hisoblanadi:
1) aksiz solig‘ining qat'iy stavkalari belgilangan alkogolli mahsulot, tamaki mahsulotlari, o‘simlik (paxta) yog‘i, etil spirti, pivo, bo‘yicha - sotilgan mahsulot hajmi natura ifodasida;
2) boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha soliq to‘lovchida tovarni berish paytida shakllangan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan, biroq mazkur aksizlanadigan tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha haqiqatda shakllangan xarajatlardan past bo‘lmagan qiymat.
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi: aksiz solig‘ining qat'iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib; boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq solish ob'ekti bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasining 45-ustunida ko‘rsatilgan, tovarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha so‘mlarda qayta hisoblangan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.

3. Aksiz solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq imtiyozlari
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
a) aksizlanadigan tovarlarni eksportga yetkazib berish, bundan ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim tovarlar mustasno;
b) salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarishda foydalaniladigan paxta yog‘ini yetkazib berish;
v) xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash tizimining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan maxsus mebel.
Imtiyozlar taqdim etish uchun maxsus mebel deganda: davlat va nodavlat ta'lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun; bo‘ysunishdagi ta'minot-sotish tashkilotlariga ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun sotiladigan mebel tushuniladi.
Mazkur imtiyoz ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun maxsus mebelni xarid qilishga tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) mavjud bo‘lganida taqdim etiladi.
Mazkur mebel boshqa iste'molchilarga sotilganda unga umumbelgilangan tartibda soliq solinadi.
"O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig‘i olinmaydigan tovarlarning jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi bo‘yicha belgilangan normalar"ga (1998 yil 13 mart, ro‘yxat raqami 412 Me'yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1998 yil, 3-son, 2002 yil, 2-son) ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig‘i tatbiq etilmaydi.


Download 181.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling