9. Bojxona yuk deklaratsiyasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini aks ettirish tartibi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ni hisoblab chiqishda bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)ning 47-ustuni quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
"Turi" kichik ustunida "29" - QQS kodi ko‘rsatiladi;
"Hisoblab yozish asosi" kichik ustuniga soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, soliq solinadigan oborot summasidagi miqdor qayd etiladi;
"Stavka" kichik ustunida QQS stavkasi hajmi ko‘rsatiladi;
"Summa" kichik ustunida hisoblab chiqarilgan va to‘lanadigan QQS summasi ko‘rsatiladi;
"TU" kichik ustunida to‘lov usulining ikki belgili harfiy kodi ko‘rsatiladi:
"bn" - bank orqali naqdsiz hisob-kitob;
"kt" - bojxona to‘lovlari summasini naqd pulda to‘lash;
"op" - bojxona to‘lovlarini to‘lash kechiktirildi;
"rp" - bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi taqdim etildi;
"oo" - to‘lov amalga oshirilmasligi kerak.
"Hisob-kitob qilish tafsilotlari" degan V ustunida to‘lov kodi, to‘lovning umumiy summasi, shuningdek QQS to‘langanini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlarining raqamlari va sanasi ko‘rsatiladi.
BYuDning "To‘lovlarni kechiktirish" degan 48 va "Preferensiya" degan 36-ustunlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 1999 yil 24 sentyabrda tasdiqlagan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 3 noyabr 1999 yil) muvofiq to‘ldiriladi. Qisqacha xulosalar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining tadrijiy rivojlanish jarayonlarida soliq solish tartibi va soliq munosabatlari uzluksiz ravishda o‘zining takomillashish tavsifiga ega bo‘lgan. Soliq munosabatlari tizimini bugungi soliq islohatlari talablari darajasida yanada samaraliroq tashkil etish va amalga oshirish, soliq sub'ektlari tomonidan undagi ayrim elementlar mexanizmini maqbul tartiblar asosida qabul qilish zaruriyatini ko‘rsatadi.
Soliq munosabatlaridagi muhim soliq solish elementlari mexanizmidan biri, bu qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish mexanizmidir. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish mexanizmining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun soliq sub'ektlarining soliq qonunchiligi tartiblariga to‘liq rioya qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlarini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |