4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Titrlashning egri chizig‘i asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
Titrlashning egri chizig‘i asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: bu titrlashda 
metilzarg‘aldog‘i, metil qizil,fenolftalein indikatorlaridan foydalanish mumkin, chunki bu 
indikatorlapHing titrlash ko‘rsatkich pT egri chiziqdagi pH ning “sakrash” qismiga mos keladi. 
Izoh: qolgan titrlash turlari ham shu tariqa olib boriladi. 


 
Titrlashning indikator xatosi deganda indikator rangini o‘zgarishi aniq ekvivalent 
nuqtada yuz bermasligiga aytiladi. Indikator qo‘shishda ko‘rsatilgan hajmdan qo‘shish talab 
qilinadi, aks holda xatolik paydo bo‘ladi. 
 
Neytrallash metodida indikator xatosi bir necha turlarga bo‘linadi: 
A) Titrlashning vodorod xatosi; 
B) Titrlashning gidroksid xatosi; 
V) Titrlashning kislota xatosi; 
D) Titrlashning ishqor xatosi; 
 
Neytrallash metodida indikator tanlashdan tashqari titrlashni ma’lum tartibda o‘tkazish 
ham muhim ahamiyatga ega. 
1. 
Titrlashning “kislotadan ishqorga tomon”, ya’ni kislota eritmasiga byuretkadan ishqor 
eritmasi qo‘shish yo‘li bilan; 
2. 
Titrlashning “ishqordan kislotaga tomon”, ya’ni ishqor eritmasiga byuretkadan kislota 
eritmasi qo‘shish yo‘li bilan; 
Agar kislotadan ishqor tomon titrlanganda metil zarg‘aldog‘idan indikator sifatida 
foydalanilsa, indikatorning pushti rangi ishqopHing ortiqcha tomchisi ta’siridan sariq rangga 
o‘tishi kerak. Lekin bu titrlashda rangni o‘tishini ilg‘ash qiyin bo‘ladi.Shuning uchun metil 
zarg‘aldog‘i ishtirokida titrlashni “ishqordan kislotaga tomon” olib borish maqsadga muvofiqdir. 
Fenoftalein ishtirokida titrlashni “kislotadan ishqorga tomon”olib borish qulay, chunki bunda 
rangsiz eritma qizil pushti rangga kiradi. Ba’zan ekvivalent nuqtani puxtaroq aniqlash uchun 
titrlash “guvoh” ishtirokida olib boriladi. Buning uchun bo‘sh konussimon kolbaga yoki stakanga 
titrlash oxiridagi hosil bo‘lgan suyuqlik hajmiga teng miqdorda suv solib, unga titrlash uchun 
necha tomchi indikator (metil zarg‘aldog‘i) olingan bo‘lsa, shuncha tomchi indakator 
tomiziladi.So‘ng byuretkadan 1-2 tomchi kislota eritmasi qo‘shiladi.”Guvoh” aralashma och, 
ammo sezilarli pushti rangga ega bo‘ladi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan “guvoh” titrlash uchun 
namuna vazifasini bajaradi. Titrlanayotgan eritma bilan “guvoh”ning rangi bir xil bo‘lishishga 
erishish zarur. Ish natijalari hisoblanilganda “guvoh” eritma tayyorlashga sarf bo‘lgan kislotaning 
2 tomchisining hajmi (~0,06 ml )chegarib tashlash lozim. 
Titrlashning evivalent nuqtasini to‘g‘ri belgilash qo‘shilgan indikator miqdoriga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Chunki ularning ko‘pchiligi organik kislotalar yoki asoslar bo‘lib, miqdoridan 
ortiqcha qo‘shilganda analiz xatosini oshirib yuborishi mumkin. Ko‘rsatilgan miqdorga qat’iy 
amal qilish shart. 
Demak, titrimetrik analizning natijasi faqat indikator tanlashga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, 
shu bilan birga indikatorning qo‘shilgan miqdoriga va titrlashning qo‘llaniladigan tartibiga ham 
bog‘liqdir.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling