4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


 Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan (yoki aksincha) titrlash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
1. Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan (yoki aksincha) titrlash. Aytaylik, 0,1 n. HCl 
eritmasini 0,1 n. NaOH eritmasi bilan titrlaylik. Xlorid kislotaning har bir molekulasi dissosilanish 
natijasida bitta H
+
ionini bergani uchun 0,1 n. dastlabki kislotaning 1 litrida vodorod ionlarining 
umumiy konsentrasiyasi 0,1 yoki 10
-1
mol (ion), bunday eritmaning pHi esa 1,0 ga teng bo’ladi. 
HC1 ning 90% i titrlangandan keyin H
+
ionlari dastlabki miqdorining 0,1 qismi, ya’ni 1 l da 0,01 
yoki 10 mol (ion) qoladi, eritma pHi esa 2,0 ga teng bo’ladi. 99% HC1 neytrallaganda pH = 3,0 
ga, 99,9% kislota neytrallanganda esa 4,0 ga teng bo’ladi va hokazo. HC1 ishqor bilan to’liq 
neytrallangan paytda titrlanayotgan eritmada faqat NaCl bo’ladi, bunday eritmaning pHi 7 ga teng, 
chunki natriy xlorid tuzi gidrolizga uchramaydi: 
HC1 + NaOH = NaCl + H
2

Titrlash egri chizig’ini yasash uchun abssissalar o’qiga ishchi eritma NaOH ning ekvivalent 
massasiga nisbatan olingan prosent miqdorlari; ordinatalar o’qiga esa pH qiymatlari qo’yiladi. 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, titrlashning boshida NaOH eritmasining 90% xlorid kislotaga 
qo’shilganda pH qiymati juda kam o’zgaradi; kolgan 10% eritma qo’shilganida, ya’ni ekvivalent 
nuqtasiga yaqinlashgani sari pH qiymati keskinroq ortadi.


Bu nuqtada egri chiziq keskin pasayadi, bu xol xlorid kislotaning hammasi neytrallanib 
bo’lganini ko’rsatadi. Shundan keyin NaOH eritmasi qo’shilganda pH qiymati avval keskin
so’ngra sekin o’zgaradi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, HC1 va NaOH eritmalarining konsentraiiyasi 
0,1 n bo’lganda pH qiymati ekvivalent nuqtasida 4,0 dan 10,0 gacha o’zgaradi. Titrlash 
jarayonnidagi pH qiymatining o’zgarishi ko’rsatishicha, rang o’zgarish sohasi pH ning 4,0 dan 
10,0 gacha bo’lgan indikatordan, chunonchi, metiloranj, metil-qizil, neytral-qizil, lakmoid va 
fenolftaleindan indikator sifatida foydalanish mumkin. Ulardan foydalanilganda titrlashdagi xato 
0,2% dan oshmaydi, ya’ni analizda yo’l qo’yiladigan xatolar uncha katta bo’lmaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling