4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Download 481.75 Kb.
bet3/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Suv ichida start olish
Odatda, chalqancha yotib suzish musobaqalarida suv ichida, ya’ni basseyn devoridan oyoqlar bilan depsinib, start olinadi. Suvdan start olish texnikasi ham yuqoridagidek, bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki holat. Ogohlantiruv signaldan so‘ng, suzuvchilar suvga tushib, ikki qo‘l bilan maxsus tutqichdan yoki supachaning old tomonidagi o‘yiq joydan-tutqichdan tutib turadi. Startga tayyorlanish komandasi berilgach, suzuvchilar oyoqlarini bukib, 15–20 sm oraliqda parallel tutib turadilar. Panjalar bir joyda yoki biri ikkinchisidan pastroqda turishi mumkin, ammo suvdan chiqib ketmasligi kerak. Chanoq-son bo‘gimi shunday jips bukiladiki, son qoringa tegib turadi. Qo‘llar to‘g‘ri cho‘zilgan, bir-biriga parallel, bosh biroz oldinga egilgan bo‘ladi.
Depsinish. Suzishga komanda berilgach, suzuvchi tutqichni siltab, itarib yuboradi va qo‘llarini yuqori ko‘tarib, orqaga, biroz ikki yonga harakatlantiradi va shu paytda boshini orqaga tashlab, nafas oladi. Oyoqlarining hamma bo‘g‘imlaridan yozarkan, zarb bilan depsinadi. Depsinish oxirida qo‘llar orqaga tashlangan, bosh uzra uzatib yuborilgan, ya’ni bosh ikki qo‘l orasiga olingan, oyoqlar to‘g‘ri cho‘zib yuborilgan va biriktirilgan bo‘ladi. Suzuvchi qancha ko‘p kuch bilan depsinsa, uning havoda uchishi, suvda sirpanishi shuncha olis bo‘ladi, demak, u bu o‘rinda yutadi.
Havoda uchish. Suzuvchining havoda uchishi shartlidir. Chunki u suvdan butunlay ko‘tarilmaydi: oyoqlar panjasi bilan boldir suvda qoladi. Havoga ko‘tarilish, ya’ni uchish burchagi–gavda bilan suv sathi oralig‘idagi burchak, taxminan, 15–20 darajani tashkil qiladi. Suzuvchi gavdasi bilan, imkon boricha, cho‘zilib, boshini yana ham orqaga tashlab, ortga bukilganday bo‘ladi, ko‘kragining qoringa tutash qismi sal do‘nglik hosil qiladi. Depsingandan to qo‘llar uchi suvga tekkuncha bo‘lgan masofa, uchish masofasi deyiladi. Bu erkaklarda o‘rtacha 3 m, ayollarda 2,5 m ga boradi.
Suvga kirish va sirg‘anish. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, uchishda oyoqlar suvdan chiqmaydi. Demak, suvga kirishda oyoqlar endi chuqurroq bota boshlaydi va shu zahotiyoq, qo‘llar uchi suvga tegadi. Tana (orqa) bilan suv sathi oralig‘ida, ma’lum darajada, masofa saqlanadi, keyin tana ham suvga tushadi. Suzuvchining suvga botishi 40–60 sm dan oshmasligi kerak.
Odam suvga botganda, dastlab, pastga-oldinga, keyin yuqoriga-oldinga sirg‘anadi. Bu sirg‘anish start devoridan suv yuziga chiqquncha davom etadi va hammasi bo‘lib, erkaklarda 6–7 m, ayollarda 5–6 m ni tashkil qiladi.
Suzish harakamtlarini boshlash va suv yuziga chiqish. Albatta, suzishning sirg‘anish tezligi suzish tezligiga teng kelib qolganda yoki undan biroz tezroq bo‘lganda, boshlash yaxshi samara beradi. Harakatni, dastlab, oyoqlar boshlab beradi, keyin o‘ng (yoki chap) qo‘l bilan shunday eshiladiki, eshish oxiriga yetganda, tana suv sathida bo‘lishi kerak. Shunda suzuvchi chap (yoki o‘ng) qo‘lini havoga ko‘tarib, oldinga tashlashga ortiqcha kuch sarf qilmaydi, boshqa qo‘li bilan esa suv ostida eshish harakatini bajaradi va h.k.
Suzish sporti musobaqalari, odatda, uzunligi 25 yoki 50 metrli basseynlarda 50 m dan 1500 m gacha masofalarda olib boriladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, tezlik ko‘rsatkichini oshirish uchun sportchi burilish texnikasini juda yaxshi egallagan bo‘lishi kerak. Kimda-kim shu burulish jarayonini qiynalmay, kuch sarf qilmay va unumli bajara olsa, u burilishga qadar saqlanib kelgan tezlikni burilgandan keyin ham davom ettira oladi. Eng muhimi, u kuchni tejagan bo‘ladi. Burilish soni basseynning uzunligi va suzish masofasiga bog‘liq. Masalan, 25 m.li basseynda 50 m masofaga suzganda, 1 marta burilsa, 400 m masofaga suzganda, 15 marta, 150 m masofaga suzganda, 59 marta burilishi lozim bo‘ladi. Burilish texnikasini yaxshi egallagan suzuvchi har safar burilganda, 0,5–1,0 sekund vaqt tejaydi.
Shartli ravishda, hamma burilishlarni, ikki toifaga bo‘lish mumkin: ochiq va yopgiq burilish. Ochiq burilish deb suzuvchining basseyn devori yonida burilayotib, nafas olishiga aytiladi. Demak, bunda bosh suvdan chiqadi. Yopiq burilish deb suzuvchining basseyn devori yonida boshini suvdan chiqarmay, nafas olmay burilishiga aytiladi. Demak, bunda bosh suvdan chiqadi. Yopiq burilish deb suzuvchining basseyn devori yonida boshini suvdan chiqarmay, demak, nafas olmay burilishiga aytiladi. Ko‘rinib turibdiki, burulishning bu turlarini boshni suvdan chiqarib burilish va boshni suvdan chiqarmay burilish desa, fikrimizcha, to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar burilish harakatlarini elementlarga taqsimlab, alohida nomlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, u holda burilishning ikkala turida ham quyidagicha burilish bosqichlariga ega bo‘lamiz: 1) basseyn devoriga yetib kelish; 2) aylanish; 3) devorga oyoq bilan depsinish va sirg‘anish; 4) suzishni boshlash va suv sathiga chiqish.



Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling