4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Download 481.75 Kb.
bet5/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Devorga yetib kelish. Suzuvchi basseynning devoriga yetib kelarkan, o‘ng yoki chap qo‘li bilan devorga tiralib, tanasini yonga buradi. Buning uchun u qo‘l panjasini suv sathida yoki 10–15 sm undan yuqorida devorga tiraydi. Keyin shu qo‘lini tirsagidan bukib, tanasini devorga yaqinlashtiradi, oyoqlarini tizza va chanoq-son bo‘gimlaridan bukib, ularni ham oldinga harakat qildiradi. Shu bilan bosqich tugaydi.
Aylanish. Suzuvchi qo‘l panjasi bilan devorga tiralar ekan, boshi bilan yelkasini suvdan chiqaradi va shu paytning o‘zida oyoqlarini tizzadan qattiq bukadi va pastga tushiradi, shu yo‘sinda devorga yaqin keladi, boshi, qo‘li bilan eshish harakatini qilib, tanasini aylantiradi. Devorga tiralgan qo‘lini yozib, nafas oladi. Suzuvchi qo‘lini butunlay yozib, devordan olarkan, endi oyoqlarini devorga tiraydi, ikkinchi qo‘lini esa oldinga uzatadi. Devordan uzilgan qo‘lni suv ustidan oldinga o‘tganda, uni ham oldinga o‘tkazadi va endi ular bir-biriga parallel holda kela boshlaydi. Bu paytda bosh bilan suvga botgan, yonbosh tomonlar o‘zgargan, oyoqlar tizzadan bukilgan holatda, bosh qo‘llar orasida turadi.
Depsinish va sirg‘anish. Depsinish, odatda, qo‘l suv ustidan o‘tib bo‘lib, tana yonboshlab turgan paytda bajariladi va boldir-panja bo‘g‘imlaridan siltab yozish bilan tugaydi. Xuddi shu harakatlari mobaynida suzuvchi bir yo‘la tanasini ham to‘la burib olib, ko‘kragini rostlaydi. Sirg‘anish shu paytlarga to‘g‘ri keladi. Odatda, bu 40–50 sm chuqurlikda bajariladi.
Suzishni boshlash va suv sathiga chiqish. Burilishning bu oxirgi bosqichini ko‘krakda krol usulida suzishning start olgandan keyingi boshlang‘ich ishi desa ham bo‘ladi (ko‘krakda krol usulida suzishdagi start olgandan keyingi harakat amallarini eslang). Chunki shu bosqichdan keyin ham oyoqlar ishchi va tayyorlanish harakatlarini, qo‘llar suzish, eshishning suvga tayanish qismini, eshishning asosiy qismini, suvdan chiqish va suv ustidan oldinga harakatlanish kabi harakatlarni bajaradi va h.k.
Ko‘krakda krol usulida suzishda yopiq burilish usuli tananing old-orqa o‘qi bo‘ylab aylanish bilan bajariladi. Buning uchun suzuvchi basseyn devoriga ko‘kragini pastga qaratgan holatda yetib kelib, qo‘li bilan unga tiraladi va aylanadi. Ochiq burilish usulidan farqi shundaki, bosh suv ichida, tana g‘ujunak, yelkadan pastga egilgan, bukilgan, oyoqlar esa suv sathiga yaqin turadi.
Bu hamisha ochiq burilishdan ko‘ra, vaqtni tejashga imkon beradi. Chunki uning bosqichlari, elementlari ancha sodda, oson bo‘ladi.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling