4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari


Download 481.75 Kb.
bet8/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari.

Boshlang‘ich o‘rgatishdagi asosiy vositalar quyidagi mashqlarni o’z ichiga oladi:


1. Tayyorgarlik mashqlari.
2. Sporcha suzish texnikasini o‘rgatishda qo‘llaniladigan mashqlar.
3. Suzuvchini umumiy va maxsus rivojlantiruvchi mashqlar.
Boshlang‘ich o‘rgatishda bu vositalarning o‘z vaqtida qo‘llanilishi shug‘ullanuvchilarning sportcha suzish texnikasini muvaffaqiyatli egallashlari har tomonlama jismonan kamol topishlari uchun yordam beradi.
Ko‘nikish uchun tayyorgarlik mashqlari. Ko‘pgina shug‘ullanuvchilar suzish texnikasini o‘rgatishning dastlabki bosqichida suvda o‘zlarini noqulay sezishadi. Ular suvda shoshqaloqlik bilan keskin va dag‘al harakat qiladilar, pala-partish nafas oladilar. Shug‘ullanuvchilarning asosiy e’tibori o‘zlarini suv yuzida ushlab turishga qaratilgan bo‘ladi. Harakatlar katta zo‘riqish bilan bajarishadi, natijada ular tez charchab qoladi. Shu sababli sportcha suzish texnikasini o‘rganishga kirishishdan oldin yoki o‘rganayotib, suvga ko‘nikishga oid umumiy tayyorgarlik mashqlarini egallash lozim. Bu mashqlar shug‘ullanuvchilarning suvda o‘zlarini erkin tutish, qo‘l va oyoq harakatlarisiz suvda yotish va sirg‘anish, suvda to‘liq nafas olish va nafas chiqarishni o‘rgatishga qaratilgan. Suvga botish, suv yuzida qalqib turish, yotish va sirg‘anish, nafasni to‘g‘ri bajarishdan iborat maxsus mashqlar suvga ko‘nikish uchun umumiy tayyorgarlik mashqpari hisoblanadi. Bundan tashqari, yurish, yugurish, qo‘l va oyoq muskullarini zo‘riqtiruv va bo‘shashtiruv mashqlari ham bor. Hamma mashqlar basseyn yoki suv havzasining sayoz joyida bajariladi. Suvga ko‘nikishning umumiy tayyorgarlik mashqlari birinchi-oltinchi darslarda o‘tiladi, sirg‘anish, nafas texnikasining asoslari keyingi darslarda o‘rgatiladi. Shundan keyin sportcha suzish usullari start va burilishlar o‘rgatiladi.
Suvga ko‘nikishning umumiy tayyorgarlik mashqlari quyidagicha olib boriladi.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling