4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Ko‘krakda krol usulida suzishda burilish


Download 481.75 Kb.
bet4/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Ko‘krakda krol usulida suzishda burilish
Barchaga ma’lumki, suzish usullari har xil bo‘lganidek, burilish usullari ham turlicha. Chunki suzish usuliga qarab, odam suv yuzida, suv ostida turli shakllarda, turli amallar qo‘llab, burilishiga to‘g‘ri keladi. Demak, suzuvchi suzish usuliga qarab u yoxud bu burilish usulini tanlashi va buni har tomonlama puxta, yengil va tez bajarish amalini egallab olishi shart.
Ko‘krakda krol usulida suzishda ochiq burilishning ikki usuli (varianti) mavjud. Birinchi usulga istalgan tomonga burilish mumkin deyiladi. Aytaylik, suzuvchi o‘ng tomonga burilmoqchi. Bunda u basseyn devoriga suv yuzasidagi chap qo‘lini uzatgan holda, yaqin keladi va kaftini o‘ng yelkasining to‘g‘risidagi devorga qo‘yadi, tanasi esa o‘z harakati bilan devorga yaqinlashadi, shuning uchun chap qo‘l tirsak va yelka bo‘gimlaridan bukilgan holda, o‘ng qo‘l eshishni tugatib, tanasi yoniga keladi. Shu payt oyoqlar tizza va chanoq-son bo‘gimlaridan bukilib, nafas chiqariladi. Nafas chiqarish devorga yaqin kelish bosqichini yakunlaydi. Endi aylanishga o‘tiladi. Bunda suzuvchi chap qo‘li bilan devorga tayanarkan, o‘ng qo‘lini tirsagidan bukib, eshish harakatini bajaradi. Shu bilan bir vaqtda, oyoqlarini hamma katta bo‘g‘imlaridan bukib, gavdasini biroz yig‘adi va aylanishni boshlaydi. Aylanish 90° ga yetganida, suzuvchi suvdan chiqib turgan og‘zi bilan nafas oladi. Keyin aylanishni davom ettirib, oyoqlari panjasini, taxminan, 25 sm chuqurlikda basseyn devoriga tiraydi, boshini suvga botiradi, tanasi ko‘kragiga yetgan holatni oladi, qo‘llari ko‘krak tagida birlashib, parallel holatda oldinga uzatiladi, engak va ko‘krakka siqiladi. Shu vaqtda depsinish bosqichiga o‘tiladi. Panja-boldir, tizza, chanoq-son bo‘gimlaridan bukilib turgan oyoqlar devorga tiralib, zarb bilan, ammo marom bilan ikki oyoqlab depsiniladi. So‘ng sirg‘anish boshlanadi. Aksariyat hollarda, sportchi suzuvchilar 5–6 metrga sirg‘anib boradilar. Chunki bundan keyingi sirg‘anish tezlik jihatidan pasaygan bo‘lib, garchi kuch tejasada, vaqtdan yutqazib qo’yishga olib keladi.
Bundan keyingi suzishning boshlanishi va suv yuziga chiqish bosqichi supachadan start olgandan so‘nggi harakat amallariga o‘xshashdir.
Endi eng ko‘p tarqalgan ochiq suzishning ikkinchi usulini ko‘rib chiqamiz.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling