4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet180/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

o‘limtik o‘lgan jonivor
Insert” texnologiyasi. O‘quvchilаr hikoya mazmuni asosida individuаl tаrzdа o‘z shаxsiy qаrаshlаrini mаxsus belgilаr orqаli ifodаlаydilаr. Mаxsus belgilаr quyidаgilаrdаn iborаt:
“B” – bu mа’lumotni bilаmаn; “?” – ushbu mа’lumotni tushun- madim.
+” – bu mа’lumot men uchun yangilik; “-”– mаzkur mа’lumot yoki fikrgа qаrshimаn.



T/r

Mа’lumotlаr

«B»

«?»

«+»

«-»

1


O‘rdak, g‘ozlar “g‘ag‘a”– lashib bu joylarni qushlar bozoriga aylantirib
yuboradi.

«B»











2


Qopqonga chap bersa, miltiq bor
joyga yo‘lamasa, dorining hidini olsa, buning yo‘li bor. Iziga tozi solamiz.









«+»




3


Yana nariroq yurgan edik, bir butaning tagida uchinchisi yer
tishlaganicha mukkasidan tushibdi...










«-»



4


Shishaning sirtiga yopishtirilgan oq qog‘ozga odamning bosh suyagi, uning tagida ikkita ilik suyagining
ayqashib turgan surati solingan.




«?»








O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:

  • Hikoya qahramonlari kimlar?

  • Hikoya voqealari qaysi faslda sodir bo‘lgan?

  • Ovchilar nima uchun bo‘rilarning ketiga tushishdi?

  • Bo‘rilar qanday vahshiylik qilishgan edi?

  • Ovchilar qanday hiyla ishlatishdi?
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar hikoyani navbat bilan “Zanjir” usulida o‘qiydilar.
Raqamli joylashuv” mashqi. Hikoyadan olingan bir necha gapdagi so‘zlar raqamlar yoniga joylashtiriladi. O‘quvchilar so‘zlarning raqamini aytib, gaplar hosil qilishlari kerak bo‘ladi.


1

Ko‘klam

2

Samanni

3

Bo‘ri

4

Kechasi

5

bu

6

nafasi

7

o‘tgan

8

yerga

9

kuni

10

o‘limtikka

11

esib

12

bir

13

qatqaloq

14

o‘tov

15

qarich

16

qorlar

17

oldida

18

kechasi

19

eriy

20

qalinlikda

21

tag‘in

22

ko‘rgan

23

qor

24

boshlagan

25

edim

26

yog‘gan

27

payt

28

keladi

1, 6, 11, 13, 16, 19, 24, 27 – “Ko‘klam nafasi esib, qatqaloq qorlar eriy boshlagan payt”.
2, 7, 9, 14, 17, 22, 25 – “Samanni o‘tgan kuni o‘tov oldida ko‘rgan edim”.
3, 5, 10, 18, 21, 28 – “Bo‘ri bu o‘limtikka kechasi tag‘in keladi”.
4, 8, 12, 15, 20, 23, 26 – “Kechasi yerga bir qarich qalinlikda qor yog‘gan”.
Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Bu hikoyaga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?

    2. Siz qaysi yovvoyi hayvonlarni ko‘rgansiz?

    3. Yovvoyi hayvonlarning insonlar uchun qanday foydasi bor? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa. “Ko‘kyol” hikoyasining 1-qismini o‘qish.




Mavzu: “Ko‘kyol”. 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirish, hikoya mazmunini to‘liq yoki qisqartirib, qayta aytib bera olishga o‘rgatish.
FK 1: hikoyaning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qilish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehribonlik, ezgulik kabi insoniy fazilat- larini tarbiyalash.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish, asar qahramonlariga munosa- bat bildira olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Sinkveyn”, “Bo‘g‘indan gapgacha” mashqlari.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Ko‘kyol” hikoyasining 1-qismini navbat bilan o‘qib, qayta hikoya qiladilar.
Mosini top” o‘yini. O‘quvchilar hikoya voqealari ketma-ket- ligini aniqlashadi. Voqealar ketma-ketligini o‘ziga mos so‘zga tartib bilan joylash lozim bo‘ladi. Masalan: Sirdaryoning suvi,
mol doktori, momiq qor, kattakon it.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Bugun biz “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Ko‘kyol” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Er- takda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


oqsoqol – soch-soqoli oqargan keksa odam
jing‘il – yulg‘un o‘simligi
qo‘shog‘iz – ketma-ket o‘q otadigan miltiq
qayishmoq – bukilmoq
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:

  • Bo‘rijarda uni kim kutib oldi?

  • Iso bobo Oqshunqorni nima qildi?

  • Bo‘rijarda qanday voqea ro‘y berdi?

  • Ko‘kyolni qanday qilib qo‘lga tushirishdi? O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

Sinkveyn” metodi. O‘quvchilar sinkveyn tuzish qoidalari asosida hikoya mavzusiga oid sinkveyn tuzadilar.

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling