4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.84 Mb.
bet239/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar yozgan bolalar hayotidan lavhalari o‘qittiriladi. Avvalgi bo‘lim yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Rustam qaysi hikoya qahramoni edi?

  • “Bolalar gurungi” ertagining muallifi kim?

O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga yoz fasli tasvirlangan rasmli konvert- lar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida
yig‘adilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Yoz” she’ri bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan yoz fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari haqida
suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.

  • Yoz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

  • Yozda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynaydilar?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Yoz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Yoz” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Yoz” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Yoz” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Bolalar yoz faslini nima uchun sevadi?

  • Yozda qanday mevalar pishadi? Kuzda-chi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
Mevalar” o‘yini. Ekranda turli xil yozda pishadigan mevalar suratlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ularning ingliz tilidagi tarji- masi bilan tutashtirib chiqadilar.
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Yoz” she’ridagi qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. “Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar yoz faslida bo‘ladigan tabiat hodisalarini ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom eta-

di.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  1. Yoz ne’matlarini bizga kimlar yetishtirib beradi?

  2. Yoz faslida quyoshda ko‘p yurishning qanday zarari bor? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling